AQSHning Virjiniya shtatida Vashington shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda dunyoning eng boy 625 kishisini yadroviy urush holatida himoya qilish uchun Aerie (“Qush ini”) nomli yerosti bunkeri quriladi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunkerni qurish uchun sarflanadigan mablag‘ 300 million dollarni tashkil etadi. Unda basseynlar, bouling, skalyar devor va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan tibbiyot tizimlari mavjud bo‘ladi.
“Mehmonlar xotira effekti bilan matraslar, marmar pol va elit kurortlar bilan raqobatlasha oladigan nozik oshxona restoranlaridan zavqlanishadi”, deyiladi xabarda.
Bunker devorlari bombaga chidamli bo‘lishi rejalashtirilgan va ichkarida qurollangan xavfsizlik xodimlari hamda zamonaviy harakat sezgichlari o‘rnatiladi. Bu esa har qanday tashqi tahdidlarga qarshi turish va aholi uchun osoyishtalikni ta’minlash imkonini beradi.
Bunkerning qurilishi rejasii SAFE (Strategically Armored & Fortified Environments) kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan va loyiha 2026 yilda ishlab chiqilishi kutilmoqda. Nashrga ko‘ra, bunday loyihaga qiziqish bildirgan shaxslar orasida yulduz Kim Kardashyan va media magnat Mark Sukerberg ham bor.
“Bu faqatgina omon qolish masalasi emas, balki zamonaviy farovonlikni ta’minlashdir”, deydi SAFE vakili.
Kompaniya bu konsepsiyani AQSHning boshqa shtatlariga ham tarqatishni rejalashtirmoqda. Mijozlarga Aerie'da to‘rtta imtiyozli kategoriya taklif etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hatto boshlang‘ich daraja ham “muvaffaqiyatli” rahbarlarga mo‘ljallangan bo‘lib, bunkerga a’zolik faqat taklifnoma asosida mavjud bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Serbiya o‘zining armiyasini kuchaytirishi va yadroviy urush xavfi sababli bombalarga qarshi boshpanalarini tayyorlashi kerakligini aytgan edi.