Bir tutam kulgim bor! Kulmaysizmi? Kulasi-iz! Kulmasangiz baqiraman, enamni chaqiraman!..

 

 

* * *

 

«Insonlarni faqatgina muhabbat emas, tiqilinch avtobus ham yaqinlashtira oladi». (Haydovchining gapidan)

 

* * *

 

Ikki do’st bir kunda olamdan o’tdi. Biri do’zaxga, ikkinchisi jannatga tushdi. Bir kuni do’zaxga tushgan yigit jannatdagi do’stiga qo’ng’iroq qildi. Jannatdagi so’radi:

— Xo’sh, do’zaxda hayot qanday?

— Zo’r, har kuni yangi kiyim berishadi. Ichkilik dengizday oqadi. Kuniga qizlar bilan raqs tushganim tushgan. Xullas, bunaqasini hech qachon ko’rmaganman. O’zing-chi?

— E, so’rama. Qiynalib ketdim. Xudoning bergan kuni sut yo’liga sut tashiyman, yulduzlarni tozalayman, bulutlarni haydayman. Charchab ketdim.

— Nahotki, ishing shuncha ko’p bo’lsa?

— Ha-da, chunki, bu yerda mendan bo’lak hech kim yo’q.

 

* * *

 

Yaqinda bir guruh jinoyatchilar qo’lga olindi. Qalbaki tangalar yasash bilan shug’ullanib kelishgan ekan. Hozir ularning barchasini ruhiy xastaliklar shifoxonasiga yotqizishdi.

 

* * *

 

Agar kimdir seni «Jinni» deb haqorat qilsa, darrov xafa bo’lma! Oldin yaxshilab o’ylab ko’r. Balki u o’zini tanishtirgandir.

 

* * *

 

«Soliqlarni to’ladingmi? Endi xotirjam yotaver!» (Qabrtoshdagi yozuvdan)

 

* * *

 

Erkak komadan so’ng 2050 yilda uyg’ondi. Qarasa, dunyo butkul o’zgaribdi. Osmonda katta-katta saroylar, o’zi uchar mashinalar… Bir erkakka yaqin kelib so’radi:

— Menga qara, hov anavi uchib ketayotgan mashina qancha turadi?

— Yuz so’m.

— O’, o’rtacha oylik hozir qancha?

— Ming so’m.

— Ie, bir yil ishlab shunaqa mashinadan o’ntasini sotib olsa bo’larkan-da?!

— Ha, yoki olti oy ishlab yarim shisha ichkilik sotib olib ichish ham mumkin.

 

* * *

 

Jinnini kasalxonaga olib kelishayotganda u qattiq qarshilik ko’rsatdi. Sanitarlar uni rosa kaltaklashdi. Jinni ulardan xafa bo’lib qoldi. Kasalxonaga yetib kelishgach, u ichishga suv so’radi. Berishdi. Shunda jinni sanitarlardan biriga yuzlandi.

— Maylimi, Jirinovskiyni o’ynab bersam?

— Mayli.

Jinni og’zini suvga to’ldirdi-da, sanitarning yuziga sepib yubordi.

— Jinni, bu nima qilganing?

— O’zingiz ruxsat berdingiz-ku!

 

* * *

 

Erkak poliklinikaga kelib so’radi:

— Mening qo’llarim, oyoqlarim, hatto, burnimgacha muzday. Qaysi vrachga uchrashay?

— Pataloganatomga.

— Do’xtir, kirsam mumkinmi?

— Yo’q, o’likxona pastki qavatda.

 

* * *

 

Samolyot qo’ndi. Salondan shimi tushib ketgan chukcha chiqib kelardi. Styuardessa uni urisha ketdi.

— Uyat emasmi? Shimingiz tushib ketibdi.

— To’g’ri, sizlarni sira tushunib bo’lmaydi. Goh kamarni taqing deysiz, goh yeching deysiz… Oxirgi marta kamarni yeching degandingiz!

 

* * *

 

— Qo’sh xotinlilik qanday yo’l bilan jazolanadi?

— Ikki qaynonaga ega bo’lish bilan.