U Hindistonning Dehlida shahrida yashovchi 14 yoshli Mixir Jain bo’lib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirguncha 237 kilogramm vaznga ega edi. Bu o’smir yoshdagilar uchun rekord daraja hisoblanadi. Vrachlarning ma’lumot berishiga ko’ra, bola onadan hamma chaqaloqlar qatori me’yoriy vaznda dunyoga kelgan. Lekin yog’li taomlar, gazlangan ichimliklarga o’chligi bolaga ortiqcha vazn hadya eta boshladi. 5 yoshida uning sof vazni 80 kilogrammni tashkil etdi. Qo’rqib ketgan ota-onasi o’shanda uni vrachga olib borishgandi. Vrach bu yoshda jarrohlik amaliyoti o’tkazish xavfli ekanini aytib, Jainga dori yozib berdi.
— Aynan o’sha vrach yozib bergan dorini icha boshlagach, — dedi o’smirning onasi. — Bolam qimirlashdan tiyildi, qandaydir erinchoq va lanj bo’lib qoldi. Bunga yog’li ovqat va gazli ichimliklar qo’shilib, haddan tashqari semirib ketdi…
Jain 2017 yili oshqozon qismida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Jarrohlar uning oshqozonini sun’iy tarzda kichraytirishdi. O’sha amaliyot oldidan u 237 kilo vaznga ega edi. Hozirga kelib vazni 172 kiloga tushdi. Endi u kam-kam bo’lsa-da, ko’chalarda mustaqil sayr qila olyapti. Yog’li taom va gazlangan ichimliklarni ham kamaytirgan.
Izohlarni ko`rish