* * *
Yo’l chetidagi simyog’och tepasiga shunday yozuv bitilgan:
— Oq yo’l, haydovchi!
Sal pastrog’ida yana bir yozuv mavjud:
— Ko’prik buzilgan!
* * *
— Jinnixonadagilarning aslida kim ekanini aniqlash uchun notanish odam nima qilishi lozim?
— Birinchi uchragan odamga yaqin borgach, yuziga tuflash kerak. Agar yig’lay boshlasa, bu jinni, so’kina boshlasa, kimnidir ko’rishga kelgan, basharangga tushirib qolsa, sanitar, senga javoban yuzingga tuflasa, bosh vrach bo’lib chiqadi.
* * *
Nevropotolog bemorga asabni tinchlantiradigan dori beryapti.
— Qani, dorini yuting! Tezroq yuting! Yut dedim, yaramas!!!
* * *
Imtihon. Talaba qiz sira imtihonni topshira olmayapti. Eshik ortidagi sheriklari esa, nima qilishni bilmay hayron. Oxiri topishdi. Talaba yigitlardan biri imtihon xonasiga chopib kirdi-da, qichqirdi:
— Toshmatova, sen qizli bo’lding!
* * *
— O’rtoq boshliq, bugun ishdan ertaroq ketishimga ruxsat bersangiz! Xotinim men bilan bozorga tushmoqchiydi.
— Yo’q, o’tirib ishlang!
— Rahmat sizga!
* * *
Xitoyliklar qaysidir davlatga hujum uyushtirish rejasini tuzishyapti.
— Biz chegaraga 8-9 million kishilik kichik guruhlarni alohida-alohida yaqin olib boramiz. Ikki chetda pi±dalar bo’ladi. Markazda esa, tanklar.
— Nega endi tanklar markazda bo’lishi kerak?
— Nima, bittagina tankni ishdan chiqaraylikmi?
* * *
— Kecha qo’shni domda liftohalokat yuz beribdi.
— Nahotki?
— Ha, ikkita lift to’qnashib ketibdi.
* * *
Jinoyatchining uyini militsionerlar tintuv qilishyapti. Undan so’rashdi:
— Avtomat kimniki?
— Kalashnikovniki.
* * *
Tobutni mashinada qabristonga olib ketishyapti. Tobut solingan mashina orqasidan bir bolakay qichqirgancha chopib boryapti.
— Dadajon, qaerga? Meni tashlab ketmang! Meniyam o’zingiz bilan olib keting!
Mashina birdan to’xtadi-yu, haydovchi kabinadan boshini chiqarib bolani koyib berdi:
— Qani, uyga jo’na! Agar kelgunimcha darsingni qilib qo’ymasang, kamar bilan savalayman!
* * *
«Mo»jizalar maydoni» tok-shousi boshlovchisi Leonid Yakubovich uyga ishdan charchab kelgandi, xotini qo’rquv aralash katta shkaf ro’parasiga turib oldi-da, dedi:
— Azizim, sizga ikki million rubl taklif etaman va biz bu shkafni ochmaymiz!
Olimjon HAYIT tayyorladi