Noyob va betakror me’morchilik san’atini o’zida jamlagan Toshkent metropolitenining A.Navoiy metro bekati 1984 yilning 8 dekabr kuni ishga tushirilgan.
Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy bekati dunyodagi eng go’zal metro bekatlari qatorida sanaladi. Bu ro’yxatda Moskva, Neapol, Vashington, Kiyev, Gaosyun, Praga, Myunxen, Sankt-Peterburg, Monreal, Stokgolm kabi shaharlarda joylashgan metro bekatlari ham joy olgan.
Alisher Navoiy metrosidagi noyob milliy arxitektura namunalaridan zavqlangan mutaxassislar mazkur bekatni “Insonlar qalbiga o’zgacha go’zallik va tuyg’u olib kiruvchi metro”, deya ta’rif berishgan.
Eslatib o’tamiz, joriy 2018 yilning 1 iyun kunidan Toshkent metropolitenida suratga tushishga va videoga olishga rasman ruxsat berilgan.