Shaftolilar eng shirin va mazali mevalardan biri deb hisoblaymiz. Bugun sizlarga ularning foydali xususiyatlari, tukli va tuksiz shaftolilarning bir-biridan farqi haqida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Shaftolining foydali xususiyatlari
Bizlar foydali narsa bemaza deb hisoblashga ko’nikib qolganmiz. Ammo meva va sabzavotlar buning noto’g’ri fikr ekanligini isbotlashadi. Masalan, shaftolilar ham juda mazali bo’lib, ularni yoqtirmaydiganlar oramizda kam uchraydi. Shaftolilar quyidagilarga juda foydali hisoblanadi:
· ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini normallashtiradi;
· suyaklarni mustahkamlaydi;
· soch, tish va tirnoqlar ko’rinishini yaxshilaydi;
· stressdan qutqarib, kayfiyatni ham ko’taradi;
· immunitetni mustahkamlab, viruslarga qarshi kurashadi;
· qon tarkibi va yurak faoliyatini yaxshilaydi
· ortiqcha suv yig’ilishidan xalos etadi.
Shaftolining zararli tomonlari
Shaftolilarning zararli tomonlari juda kam. Allergiya va qandli diabetdan aziyat chekuvchilar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari shart – shaftoli o’zida ko’p shakar miqdorini saqlaydi. Shu sababli ham bu mazali mevani me’yorida iste’mol qiling.
Ozish uchun shaftolining ahamiyati
Agarda siz ozishni istasangiz, unda shaftoli buning uchun ayni muddao. Ular shirin va to’yimli bo’lib, lekin kaloriyasi juda past. Shaftolilar kayfiyatni ko’tarishi sabab ham ularni shokoladning o’rniga iste’mol qiling.
Shaftolining 100 grammi 45 kKalni tashkil qilib, ulardan 0.9 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar va 11.3 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Bir kunda nechta shaftoli iste’mol qilish mumkin
Agarda siz sog’lom va kaloriyaga e’tibor bermaydiganlar safidan bo’lsangiz, unda kuniga 10 tagacha shaftolilardan iste’mol qilishingiz mumkin.
Tukli shaftolining tuksizidan farqi
Tuksiz shaftolida tuklisiga nisbatan mikro va makroelementlar, jumladan temir, fosfor, magniy va boshqa moddalar ko’proq hisoblanadi. Bunday shaftolilarning 100 grami esa 48 kKalni tashkil qiladi.
Tuksiz shaftolilar tuklilariga nisbatan yaxshi va uzoqroq saqlaniladi. Tukli shaftolilarning po’sti nozikligi sabab ham, u tezda qorayib qoladi.
Pazandachilikda shaftolilarning o’rni
Shaftolidan nafaqat pishiriq va shirinliklar tayyorlashadi, undan har xil salatlar va gazaklar ham tayyorlab turishadi:
· Grilda qovurib pishirilgan shaftolili salat;
· O’rik qo’shib tayyorlanilgan tvorogli pirogga siz o’rik o’rniga shaftolilardan qo’shib tayyorlashingiz mumkin;
· yogurt va mevali yengil desert;