* * *
— Oddiy askar Eshmatov, nega protivogazni kiymadingiz?
— Men gripp bilan kasallanganman. Baribir hid bilmayman.
* * *
Topishmoq.
Vaziyatni tasavvur qiling. Svetofor. Qizil chiroqda Kamaz, arava qo’shilgan ot hamda mototsikl turibdi. Yashil chiroq yongach, Kamaz o’rnidan qo’zg’aldi. Qo’rqib ketgan ot to’satdan mototsiklchining qulog’ini tishlab oldi. Xo’sh, kim aybdor?
— Mototsiklchi.
— Nega?
— Boshga shlem kiyib yo’lga chiqish kerak edi.
* * *
Keksa ayol supermarketga kirib sotuvchidan so’radi:
— Go’sht bormi?
— Yo’q.
— Tuxum bormi?
— Yo’q.
— Suvarak dorisi-chi?
— Yo’q.
— Idish yuvadigan kukun bordir?
— Uyam yo’q.
— Voy, o’zi nima bor bu do’konda? Undan ko’ra do’konlaringni yopib qo’ya qolsanglar bo’larkan.
— Jon deb yopardik-ku-ya, ammo eshikni qulflashga kalit yo’q.
* * *
— Yaqinda biz tomonda zo’r voqea bo’ldi. Kelinni to’ydan so’ng to’ppa-to’g’ri tug’ruqxonaga olib ketishdi.
— E, bu nima bo’pti. Mana, biz tarafda hayratlanarli voqea bo’lgan. Kuyovni to’ydan so’ng boshqa to’yga olib ketishgan.
* * *
Xotin eridan so’radi:
— Mening quloqlarim kattami?
— Yo’q.
— Tishlarim so’yloqmi?
— Yo’q.
— Unda nega qachon qarasa meni «quyoncham» deb erkalaysiz?
* * *
Yo’l patrul xizmati xodimi mashinani to’xtatib haydovchiga dedi:
— Mana shu chorrahadan yo’l qoidasini buzmay o’tgan yagona yo’lovchi siz bo’ldingiz. Mana sizga yuz ming so’m mukofot!
Haydovchi: — O’, zo’r bo’ldi! Shu pulga haydovchilik guvohnomasi sotib olaman!
Yo’l patrul xizmati xodimi: — Hali sizning haydovchilik guvohnomangiz yo’qmi?
Haydovchining xotini: — Ishonmang! U mastlikda aljirayveradi!
Yo’l patrul xizmati xodimi: — Hali siz mastmidingiz?
Haydovchining onasi: — Men senga ming marta aytganman o’g’irlangan mashinada uzoqqa bora olmaysan deb!
Yo’l patrul xizmati xodimi: — Nima? Mashinani o’g’irlab chiqqanmidingiz hali?
Shunda orqa o’rindiqda o’tirgan besh yashar bolakay bor ovozda baqirdi:
— Dada, chegaradan o’tdikmi?
* * *
Er yarim kechasi qo’lida mushuk bilan uyga keldi. Xotini uy eshigini ochishi bilan dedi:
— Bu maymun. Changalzordan topdim.
— Dadasi, bu nima deganingiz? Bu mushuk-ku, axir!
— O’chir ovozingni! Men mushuk bilan gaplashyapman!
* * *
Er ishdan charchab keldi-da, xotiniga dedi:
— Mabodo kimdir qo’ng’iroq qilib meni so’rasa, uyda yo’q deb ayt!
— Xo’p bo’ladi.
Shu payt telefon jiringladi. Xotini go’shakni ko’tarib dedi:
— H-ha, erim uyda.
Er:
— Vey, pandavaqi, senga meni uyda yo’q deb ayt degandim-ku!
— E, baqirmang! Sizgamas, menga qo’ng’iroq qilishdi!
* * *
— Dugonajon, ikkinchi marta turmushga chiqibsan deb eshitdim. Shu rostmi?
— Rost. Ammo bir narsadan qo’rqaman.
— Nimadan?
— Erim mendan ancha yosh ekan.
— Xavotir olma, sen bilan bir yil yashasa, tezda qarib qoladi.
* * *
Rota askarlari okop qaziyapti. Komandir Nasriddin afandining tepasiga keldi-da, so’radi:
— Nasriddin, nega ikki metr chuqurlikda okop qazidingiz? Axir, okopga tushsangiz, dushmanni ko’rolmay qolasiz-ku!
— O’rtoq komandir, o’sha dushmanlarni ko’rishga ko’zim yo’q!