Xitoyda dunyodagi birinchi osma temir yo’l ishga tushirildi.
Uzunligi 800 metrli eksperimental yo’l Xitoy janubidagi Szyansi provinsiyasida joylashgan. Muhandislar osma yo’lni qurishda doimiy magnitlardan foydalanishdi: ularning yordamida 88 yo’lovchisi bor poezdni mexanizmlar o’n metr balandga ko’tara oladi.
Shu choqqacha chiqarilgan magnitli osma yo’llardan farqi: xitoyliklarning osma yo’li poezdga tegmaydi. Szyansi fan va texnologiyalar universiteti tadqiqotchilarining aytishlaricha, vagonlar harakatlanishi uchun kerakli ishqalanish kuchi vazifasini juda oz elektr toki bajaradi. Bunday yo’llarni qurish metro qurishdan 10 baravar arzonga tushadi, deyiladi xabarda.
Izohlarni ko`rish