Akbar Jo'rayev mutlaq chempion bo'ldi

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi bergan ma’lumotga ko’ra, og’ir atletikachi Akbar Jo’rayev ham mutlaq chempion bo’ldi.

+109kg vazn toifasida O’zbekiston sharafini himoya qilgan Jo’rayev dast ko’tarishda 200kg bilan rekordi o’rnatgan va oltin medal sohibi bo’lgan.

«Siltab ko’tarish mashqida ham Akbar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchala urinishidan unumli foydalandi (23, 242, 246). Yangi rekord va ikkinchi oltin medalini yutdi»,-deyiladi xabarda.

Ikki kurash natijasi (446kg) bilan u mutlaq chempionlikni qo’lga kiritish barobarida delegatsiya uchun muhim 3 ta oltin medalni ham taqdim qilgan.

Kecha, shuningdek, 4 nafar o’zbek dzyudochilari ham raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo’lishdi. Xususan, -57 kg vazn toifasida qatnashgan qoraqalpog’istonlik dzyudochi finalda jazoirlik Yamina Xalatani ippon bilan mag’lubiyatga uchratdi.

Akbar Jo'rayev mutlaq chempion bo'ldi

Akbar Jo'rayev mutlaq chempion bo'ldi

Akbar Jo'rayev mutlaq chempion bo'ldi

Akbar Jo'rayev mutlaq chempion bo'ldi

minsport.uz