Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamligi o’yinlari davom etmoqda. Taniqli og’ir atletikachimiz, Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov chempionlikka erishgan musobaqalari sonini yana bittaga ko’paytirdi, deb xabar berdi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinov dast ko’tarishda 187 kg, siltab ko’tarishda 230 kg va ikki kurash bo’yicha 417 kg natijalar bilan Islom birdamligi o’yinlari rekordini o’rnatgan holda g’alaba qozondi.
Ruslan Nuriddinov O’zbekiston delegatsiyasi hisobiga 3 ta oltin medalni qo’shib qo’ydi.
Izohlarni ko`rish