Bu dunyo ajoyib qurilgan, ba’zi odamlar ulug’vor va yirik narsalar yaratib tarixda qolishga intiladi, boshqalar esa – oddiy narsalarning minimalistik nusxalarinii yaratib, odamlarni lol qoldiradilar. Quyida siz haqiqiy hajmi bilan bir xil vazifani bajara oladigan ba’zi narsalarning mayda nusxalari bilan tanishish imkoniga egasiz.
1. SwissMiniGun to’pponchasi
SwissMiniGun oddiy kalit kattaligida bo’lib, mitti o’qlar bilan ota oladi. To’pponchadan o’qlar 430 km/soat tezlik bilan chiqib, odamni bemalol o’ldira oladi.
2. Peel 50 avtomobili
Peel 50 avtomobili dunyodagi eng kichik mashina bo’lib, og’irligi 69 kg ni tashkil qiladi. Ushbu avtomobil uch oyoqli bo’lib, 16km/soat tezlikda harakatlana oladi.
3. Kalou maktabi
YuNESKO Kalou maktabini eng kichik ta’lim dargohi deb tan oldi. Unda bor yo’g’i uch nafar o’quvchi ta’lim oladi va muallim vazifasida ishlayotgan sobiq askar Abdul Muhammad Sheroniy tomonidan dars beriladi.
4. 1,4 grammli choynak
Bu choynak hunarmand Vu Ruishen tomonidan yasalgan bo’lib, og’irligi 1,4 grammni tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan bu mitti choynakda choy damlash mumkin.
5. Sark qamoqxonasi
Sark qamoqxonasi 1856 yilda Normandiya orollarida qurilgan. Unda bor-yo’g’i ikki nafar maxbus uchun joy bo’lgan va ular juda qisilib yashashgan.
6. Tumbleweed
Tumbleweed nomli bu uy San-Fransiskolik Jey Shafer tomonidan qurilgan bo’lib, maydoni 9 kv metrdan iborat. Bu ba’zilarning shkafidan ham kichkina maydondir. Lekin shunga qaramay bu uyda ish joyi, uxlash xonasi, dushli vannaxona va hojatxona bor.
7. Mill Ends Park
Mill Ends Park Portlend shahrida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng kichik bog’ hisoblanadi. Uning diametri bor-yo’g’i 60 smni tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay bog’da kapalaklar uchun suzish havzasi, mittigina charxpalak hamda jajji haykallar mavjud.
8. Edvard Nino Ernandes
Kolumbiyalik Edvard Nino Ernandesning bo’yi bor-yo’g’i 68 sm dan iborat. Ginnessning rekordlar kitobi uni dunyodagi eng kichik odam deb tan oldi.
9. Telefon budkasidagi politsiya mahkamasi
Ha, telefon budkasidagi politsiya mahkamasi haqiqiydir va faoliyat ko’rsatadi. U Florida shtatining Karabel shaharchasida joylashgandir.
10. Uillard Uigan haykali
Britaniyalik haykaltarosh Uillard Uigan disleksiyadan (yaxshi mutolaa qila olmaslik va yoza olmaslik kasali) aziyat chekkan va maktabda doimo o’qishda orqada qolgan. Vaziyatdan kelib chiqib, u o’ziga ermak topgan, ya’ni mitti san’at asarlarini yaratish bilan shug’ullangan. Uning haykalchalarini ko’z bilan zo’rg’a ko’rish mumkin.
loading…