XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SATURN SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Saturnda ham xuddi Yerdagi kabi yil fasllari mavjud.

2. Har bir yil fasli 7 yildan davom etadi.

3. Saturn sayyorasining yo’ldoshlari soni 63 taga teng.

4. Saturnga fazo kemalari hammasi bo’lib 4 marta tashrif buyurgan.

5. Hanuz Saturnda bir kun necha soat davom etishi haqida bahslar tugamagan. Ko’pchilik olimlarning fikricha, bu sayyorada bir kun 10 soatni tashkil etadi.

6. Saturndagi bir yil Yerdagi 30 yilga to’g’ri keladi.

7. Har fasl almashganda, bu sayyora o’z rangini o’zgartiradi.

8. Saturnni teleskop orqali bemalol ko’rsa bo’ladi.

9. Hajmi bo’yicha Saturn Quyosh tizimida ikkinchi o’rinni egallaydi.

10. Saturn suv, vodorod, geliy, metandan tashkil topgan.

11. Saturnning «uzugi» muz bo’laklari va changdan tashkil topgan.

12. Saturnning vazni Yerdan 95 karra katta.

13. Saturndan Quyoshgacha yetib borish uchun 1430 million kilometr yo’l bosish lozim bo’ladi.

14. Bu sayyorada shamolning tezligi soatiga 1800 kilometrgacha yetadi.

15. Saturnning yadrosi temir, muz hamda nikeldan tashkil topgan.

16. Saturnda shimoliy qutb borligi aniqlangan.

17. Sayyoradagi bulutlar oltiburchakni eslatib yuboradi.

18. Ilk bor bu sayyoraga fazo kemasi 1979 yili tashrif buyurgan.

19. Saturnning yo’ldoshlari asosan muzdan tashkil topgan.

20. Saturn Quyosh tizimidagi eng chiroyli sayyora deb tan olingan.

21. Saturn Quyosh tizimidagi eng yengil sayyora hisoblanadi.

22. Sayyoraning ustki qismida havo harorati — 150 darajaga teng.

23. Saturnning eng yaqin qo’shnisi Yupiterdir.

24. Saturnning eng yosh yo’ldoshi Yelena hisoblanadi.

25. Sayyoraning sof vazni 568, 46 x 1024 kilogrammni tashkil etadi.

26. U orbita bo’ylab soniyasiga 9, 69 kilometr tezlikda harakatlanadi.

27. Saturn va Yer orasidagi maksimal masofa 1, 6585 milliard kilometrga teng.

28. Saturnning ikki yo’ldoshi Pan va Atlas tuzilishi xuddi o’zga sayyoraliklarning uchar tovog’iga o’xshaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…