2019 yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik (+foto)

2019 yilda ba’zi yulduz juftliklarining ishqiy munosabatlari poyoniga yetdi. Keling, qaysi taniqli kishilar uchun bu yil sevgi munosabatlari unchalik muvaffaqiyatli tugamaganini ko’rib chiqaylik.

Mayli Sayrus va Liam Xemsvort

2019 yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik (+foto)

Yilning eng shov-shuvli ajrimi. Gollivud yulduzlari deyarli o’n yil uchrashishdi va 2018 yilda turmush qurishdi. Biroq, olti oydan so’ng, taniqli shaxslar ajralish haqida e’lon qilishdi. Mayli Sayrusning vakili ham Liam va Mayli ajralishgani haqidagi xabarni joylashtirdi. O’z navbatida Liam Xemsvort Instagramda o’zining sobiq xotiniga baxt va sog’lik tilab so’zlar qoldirgan.

Ledi Gaga va Kristian Karino

2019 yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik (+foto)

Ledi Gaga Kristian Karino bilan unashtirilganligi barchaga ma’lum edi, ammo tez orada ular aloqani to’xtatdi. Insayderlarning so’zlariga ko’ra, ajralish sababi Karinoning haddan tashqari rashkchiligi bo’lgan. Bundan tashqari, xonandaning do’stlari uning juftiga yoqimsiz munosabatda bo’lishgan. Shu kabi balki umuman boshqa sabab bilan ikki yillik munosabatlardan so’ng, juftlik ajralishdi.

Keti Xolms va Jeymi Foks

2019 yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik (+foto)

7 yillik munosabatlar va kutilmagan ajralish… Barchasi Gollivud aktyorining xiyonati tufayli yuzaga keldi. Juftlik o’zaro munosabatlarni yashirgan bo’lishlariga qaramay, janjallar to’g’risida matbuotga xabarlar tarqaldi.

Irina Sheyk va Bredli Kuper

2019 yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik (+foto)

O’tgan yilning eng kutilmagan va shov-shuvli ajralishi. To’rt yillik kuchli munosabatlar va qiz farzand… Ularning munosabatlari haqida juda ko’p mish-mishlar tarqaldi, chunki bu juftlikdan ular uzoq va kuchli munosabatlarni kutishgan. Hozircha Irina Sheyk va Bredli Kuper o’rtasidagi kelishmovchilikning asl sababi oshkor qilinmadi.

Jiji Xadid va Zeyn Malik

2019 yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik (+foto)

Ushbu yulduz juftlikning munosabatlari har doim beqaror edi. Ular 2015 yildan uchrashishni boshlashdi, lekin doimo ajralishdi va yana birlashishdi. Biroq, mashhur model Malikning ichki muammolarini yengishga qodir emas edi, bu uning ishi va do’stlari bilan munosabatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Jiji Malik bilan xayrlashishga qaror qildi, ammo uning fikriga ko’ra, u mashhur qo’shiqchini hali ham yaxshi ko’radi.

loading…