Dunyo g'aroyibotlariga guvoh bo'ling

Shveysariya hayvonot bog’ida albinos toshbaqa dunyoga keldi

Dunyo g'aroyibotlariga guvoh bo'ling

Shveysariyadagi Servion hayvonot bog’ida ilgari hech qachon ko’rilmagan Galapagos gigant toshbaqasining albinos bolasi paydo bo’ldi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon jahon axborot agentliklariga tayanib xabar berdi.

Dunyo g'aroyibotlariga guvoh bo'lingDunyo g'aroyibotlariga guvoh bo'ling

May oyida hayvonot bog’ida 2 ta galapagos toshbaqasi dunyoga keldi. Ularning biri oddatiy qora rangda bo’lsa, ikkinchisi sariq rangda tug’ildi.

Kichkintoyning ko’zlari qizil, tanasi, sovut va qorin qalqon qismi esa sariq rangda.

Albinos toshbaqa tug’ilishi kamyob hodisa bo’lgani uchun, u barchaning e’tiboriga tushdi.

Hayvonot bog’i vakillari bunday turdagi toshbaqaning tutqunlikda tug’ilishi va u galapagos turdagi albinos toshbaqa bo’lganini ikki karra mo»jiza deb hisoblashmoqda.