Disney «Muzlik davri» multfilmning oltinchi qismini taqdim qiladi

Disney kompaniyasi 2 noyabr kuni «Muzlik davri» multfilmining oltinchi qismini e’lon qildi. Bu haqda People Talk xabar berdi. «Muzlik davri: Bakning sarguzashtlari» deb nomlanadigan yangi qism syujeti yo’qolgan dinozavrlarning olamiga tushib qolgan bosh qahramon Bak bilan bog’liq bo’ladi. 2021 yilning fevralida Disney kompaniyasi bir qancha multfilmlar, xususan, «Muzlik davri»ni yaratgan Blue Sky Studios nomli studiyani yopishi haqida xabar bergandi. Endilikda film faqat Disney kinostudiyasining rahbarligi ostida yaratiladi. Multfilmning premyerasi 2021 yil yanvarda bo’lishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.