Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi.
Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Tibbiyot xodimlarining xulosalariga ko’ra, hokimlik xodimlari o’rtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko’z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlangan.
Qayd etilishicha, kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko’rish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli ko’rsatmalar yuborilgan va jarayon davom etmoqda.