37 yoshli Jeyson Ardeyga bolaligida autizm spektrining buzilishi va rivojlanish kechikishi tashxisi qo’yilgan. U 18 yoshga to’lgunga qadar o’qiy olmagan. Hozirda Ardey Kembrij universitetining eng yosh professori hisoblanadi, deya xabar beradi New York Post nashri.
Jeyson Ardey Janubiy Londonlik. U 11 yoshigacha gapira olmagan, muloqot qilish uchun imo-ishora tilidan foydalandi va 18 yoshgacha o’qish va yozishni bilmas edi. Ko’p yillar oldin Ardeyga «tashxisi tufayli u umrining qolgan qismini qariyalar uyida o’tkazishi mumkin» deya dahshatli kelajak bashorat qilingan edi.
Ammo Ardey taslim bo’lmadi. U onasining yotoqxonasi devoriga «Oksford yoki Kembrijda ishlayman» deb yozib, buni hayotining maqsadlaridan biriga aylantirgan.
Bugun u Kembrij universitetining eng yosh professori hisoblanadi. U ta’lim sotsiologiyasidan dars beradi va 6 martda universitetga o’qishga kirdi.