Xalq ichida chaqaloqlar sochini tez-tez olish sochlarni qalinlashtirib, tezroq o’sishiga, rangining va shaklining (jingalak, silliq) o’zgarishiga yordam beradi degan fikr mavjud. Bu fikr noto’g’ri, chunki sochlarning qalinligi va soch tolalarining tuzilishi naslga va soch ildizlariga bog’liq.
Sochlarni kal qilib olgan bilan soch ildizlari ko’paymaydi va sochlar qalinlashmaydi. Sochlar jingalakligi yoki tekisligi esa naslga bog’liq hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda chaqaloq sochlarini tez-tez kaltalatish tavsiya etiladi. O’sgan sochlar bolada noqulaylik keltirib chiqaradi va uning asabiylashishiga ham sabab bo’ladi. Chaqaloq sochlari dastlabki davrda turli uzunlikda bo’ladi. Sochlarni tez-tez bir uzunlikda kaltalatish esa sochlarning bir qolipga tushishiga va bir xil o’sishiga yordam beradi.