* * *
Er xotini bilan janjallashib qolib, ko’ch-ko’ronini yig’ishtirdi-da, ketish oldidan dedi:
— Men albatta kosmonavtlikka o’qiyman. Sen bilan yashagandan ko’ra meteroitlarga urilib o’lganim yaxshi.
Oradan bir daqiqa o’tar-o’tmas, qaytib kirib dedi:
— Omading bor ekan! Tashqarida jala quyyapti.
* * *
— Eshitdingmi, Toshmatvoy aka tomorqasiga judayam qo’rqinchli yog’och haykalcha qo’yib olibdi!?
— Yo’g’-e!
— Ha, haykalcha shu qadar qo’rqinchli ekanki, o’tgan yili don o’g’irlab ketgan qarg’alarning hammasi o’sha donlarni qaytarib berishibdi.
* * *
Ota o’g’lidan so’radi:
— Xo’sh, maktabda ishlar qalay?
— Zo’r! Beshinchi sinf bilan shartnoma muddatini yana bir yilga cho’zdim!
* * *
— Do’xtir, rahmat! Meni boylik vasvasasidan xalos etdingiz! Xo’sh, xizmat haqingizga necha million yevro so’raysiz?
* * *
Boyvachchaning o’g’li institutga kirish imtihonini topshiryapti. Imtihon oluvchi undan so’radi:
— Oxirgi savol. Rus-yapon urushi qaysi davlatlar o’rtasida bo’lib o’tgan?
* * *
— Itingiz zotdormi?
— Ha, itim aristokratlar xilidan. Afsuski, gapirishni bilmaydi-da! Agar gapirishni bilganda, siz bilan ham, men bilan ham gaplashib o’tirmagan bo’lardi.
* * *
— Kapitan, nega kayfiyatingiz yo’q?
— Men lotoreya o’ynab bosh sovrinni yutib oldim.
— Ie, bu yaxshi-ku!
— Kimga yaxshi, kimga yomon. Ikkinchi, uchinchi mukofot naqd pul bilan berilarkan. Bosh mukofot esa men xizmat qiladigan paroxodda sayohat ekan.
* * *
1945 yil. Nemis muallimi o’quvchiga dedi:
— Gans, «qochmoq» fe’lini tuslab ber!
— Men qochdim, sen qochding, siz qochdingiz…
— «Ular» -chi?
— Ular hujumga o’tdi!
* * *
Futbol matchi davomida bir muxlis tinimsiz qichqiraverdi va match so’ngida yonida o’tirgan odamga xirillagan tovushda dedi:
— Ovozim yo’qolib qoldi. Nima qilay?
— Ovozingizni mening qulog’imdan qidiring!
* * *
Er gazetada qaysidir mashhur aktrisa sportchiga turmushga chiqqani haqidagi xabarni o’qib xotiniga dedi:
— Nega qayoqdagi anqov, ahmoq erkaklarga dunyoning eng go’zal qizlari uchraydi-a?
Xotin eriga mehr bilan boqib dedi:
— Rahmat, azizim!