Har yili butun dunyo bo’ylab yuz millionlab musulmonlar muqaddas ramazon oyini kutib oladi. Bu oyda subhdan quyosh botguncha yeyish va ichish mumkin emas. Tadqiqotlar bunday ovqatlanish tartibi qon bosimini normallashtirishini ko’rsatdi.
Tadqiqotning bosh muallifi London Imperial Kollejidan Rami Al-Jafar va uning jamoasi Londonning besh masjidi qavmidan bo’lgan 29 yoshdan 61 yoshgacha 85 musulmon erkak va ayol bilan ishlagan. Tadqiqot juda oddiy usulda: qon bosimi tekshiruvlari ramazondan oldin hamda undan keyin olingan. Olimlarning iltimosiga binoan, tekshirilgan odamlar ro’za davomida oziq-ovqat kundaliklarini yuritganlar.
Natija ijobiy bo’ldi: yuqori sistolik bosim bir oylik ro’za tutishdan keyin o’rtacha 7,29 mm simob ustuniga, pastki diastolik esa o’rtacha 3,42 mm simob ustunigacha pasaygan. Ko’rsatkichlar sog’lom odamlarda ham, diabet bilan birga keladigan gipertoniyaga chalinganlarda ham kamayib ketgan.
Ma’lumotlarga izoh berar ekan, al-Ja’far ilgari o’tkazilgan shunga o’xshash tadqiqotlarning aksariyati bir irqqa mansub, bir xil ovqatni iste’mol qiladigan va bir xil madaniyatga amal qiladigan mamlakatlarda o’tkazilganini ta’kidlagan. Londonda esa turli madaniyat, turli xil ovqat yegan odamlar tekshiruvdan o’tkazilgani uchun tadqiqot universal deb atash mumkin, deb fikrlarini bildirgan olim.
Uning fikriga ko’ra, tadqiqot natijalari ro’za tutish qon bosimiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini tasdiqlaydi, chunki ba’zi sub’yektlar odatdagi ovqatlanish vaqtidan ko’ra ko’proq (tunda) ovqat iste’mol qilishgan va shunga qaramay. ramazon oyining oxirida ularning qon bosimi pasaygan.
London ma’lumotlari so’nggi yillarda musulmon davlatlari – Eron, Pokiston va Turkiyada o’tkazilgan yana 33 ta tadqiqot ma’lumotlari bilan tasdiqlangan. Bu tadqiqotlarda jami 3213 kishi qatnashgan va ularda ham ramazon oyida ro’za tutish qon bosimini sezilarli darajada pasaytirishi aniqlangan.