O’zbekiston terma jamoasi va Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning so’nggi o’yinlarda omadi yurishmayapti. Hatto terma jamoa safida ham o’zini ishonchsiz his qilmoqda.
Shomurodov har doim terma jamoa uchrashuvlarida a’lo darajada o’yin ko’rsatgan. Lekin oxirgi ikki o’yinda uning maydondagi faolligi susaydi. Ehtimol, Eldor o’z klubidagi vaziyat tufayli psixologik muammolarga duch kelayotgan bo’lishi mumkin.
Chunki Shomurodov «Roma» ning asosiy tarkibidan joy ololmadi. O’yinchi bu vaqt davomida yetarli o’yin amalyotiga ega bo’lmaydi. Bu esa uning jismoniy va psixologik holatiga ta’sir qiladi. Qolaversa, futbolchi transfer narxi va unga bildirilgan ishonch tufayli bosim ostida.
O’zbekiston milliy terma jamoasining so’nggi ikkita o’yinida Eldorning o’ziga bo’lgan ishonchning pastligi ko’p vaziyatlarda sezilib qoldi. Balki bu o’yinlarning darajasi bilan bog’liqdir. Chunki har ikkala uchrashuv ham o’rtoqlik maqomiga ega edi.
Ammo Shomurodov terma jamoaning yangi sardori ekani va jamoaga yangi bosh murabbiy kelganini hisobga olsak, Eldor o’z imkoniyatini to’liq namoyon qilishi kerak edi. Ayrim xabarlarga ko’ra, Ispaniyaning «Sevilya» klubi Eldor bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
zamon.uz