Britaniyalik mutaxassislar buyuk olim, tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning obrazini tiklashga muvaffaq bo’lishdi.
Buyuk Britaniyaning Dandi universiteti Anatomiya va odamni identifikatsiyalash markazi olimlari tibbiyotshunos olim Abu Ali ibn Sinoning tashqi ko’rinishini qayta tikladi.
Ma’lum qilinishicha, fotosuratda 50 yoshdan oshgan Ibn Sinoning yuzi tasvirlangan. Rasm Hamadondagi Ibn So qabrini ko’chirish paytida olingan.
“Bugun Avitsenna (Ibn Sino)ning bosh suyagining yagona fotosuratidan uning yuzini tiklashni taqdim etamiz”, deyiladi xabarda.
Tashqi ko’rinishni qayta tiklash ishlari Buyuk Britaniyaning Dandi universiteti Anatomiya va odamni identifikatsiyalash markazi tomonidan amalga oshirilgan. Bu Ibn Sinoning yuzini tiklashga qaratilgan birinchi ilmiy urinish ekani taxmin qilinmoqda.
Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo’lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan.