Qozog'istonda ulkan bo'ri haykali o'rnatildi

Bu haqda “knews.kg” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dasht bo’risi haykali Qarag’anda viloyati Ulitov qishlog’idan 35 km uzoqlikda homiylar ko’magi bilan o’rnatilgan bo’lib, ushbu haykal Ulitovni etnoturizm markazi sifatida tanitishiga umid qilinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, monument balandligi 10 metrga yaqin, poydevordan tashqari bo’ri haykalining o’zi 6 metrni tashkil qiladi.

Hudud hokimiyati haykalni Ginnes rekordlar kitobiga kiritish uchun harakatlarni boshlab yuborgan.