“Twitter”da Trampning postlariga “layk” bosish taqiqlandi

“Twitter” ijtimoiy tarmog’i AQSh prezidenti Donald Trampning postlariga “layk” bosishni taqiqladi.

“Hill” gazetasining yozishicha, kompaniya ushbu hodisaning tasodifan sodir bo’lganligini ma’lum qilgan.

Xabarga ko’ra, foydalanuvchilar prezidentning xabarlariga kamida bir soat davomida “layk” bosa olishmagan.

“Biz beixtiyor ushbu tvitga javob berish imkoniyatini cheklash choralarini ko’rdik. Endi tvitga layk bosish mumkin”, deb izoh bergan tvitter vakili.