E’lon qilingan eskizlarda kompaniya hech qanday noodatiy jihatga ega bo’lmagan yo’ltanlamasni ko’rsatgan. Ammo avtomobilga yuqoridan qaralsa, oddiy orqa eshik mashina tomining bir qismi bilan ochilayotganini ko’rish mumkin. Ikkinchi patentda esa shift qismga joylashtiriladigan gidravlik yoki elektr mexanizm orqa eshiklar ochilgan vaqtda tomning yon qismini avtomatik ravishda markazga surishi tasvirlangan.a ham yangi eshiklar orqa ikki qatordagi yo’lovchilarning salonga tushib-chiqishida qo’shimcha qulaylik yaratdi. Shu bilan birga, innovatsion mexanizmlar krossover va yo’ltanlamaslardan ko’ra, past bo’yli yengil mashinalarga ko’proq qo’l kelishi mumkin. Bu kabi konfiguratsiya muhandislar qo’shimcha elementlar o’rnatishni talab qiladi va tabiiyki, transport vositasining og’irligi oshadi.
Bavariya markasi suriladigan va ko’tariladigan mexanizmlar bilan o’zining seriyali modellarini jihozlash yoki jihozlamasligi hozircha noma’lum. Bugungi kunda shu kabi eshik faqatgina BMW i8 gibridiga o’rnatilgan.
Avvalroq AQShda stimpank uslubida yaratilgan va eshigi teskari tarafga ochiluvchi BMW X6 sotuvga qo’yilgani to’g’risida xabar berilgandi.