Britaniyalik olimlar sayyoraga zararsiz bo’lgan plastik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o’ylab topdi.
“Polymateria startapi Osiyoda ommabop bo’lib ulgurdi. Kompaniya bu borada Tayvan bilan tegishli bitim imzolagan, shuningdek, dunyodagi plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik “Formosa Plastics” korxonasiga o’z texnologiyasini sotdi, deb yozadi “Bloomberg”.
“Polymateria”dan ta’kidlanishicha, ular dunyoda birinchi bo’lib ma’lum vaqtda yo’q bo’lib ketuvchi plastikni yaratgan.
Firma direktori Nayl Dann so’zlariga ko’ra, mazkur ish hozirda eng dolzarb muammolardan biri – atrof-muhit ifloslanishiga va chiqindilarning okeanlarga to’planib qolishi kabilarga qarshi o’laroq ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan.
Izohlarni ko`rish