YoMG’IR HAQIDA AYRIM HAQIQATLAR
Yomg’ir tabiatning mo»jizalaridan biridir. Har bir davlatda yomg’irga nisbatan turli munosabatlar yuritiladi. Demak:
1. Har yili yerga 519000 kub kilometr yomg’ir yog’adi.
2. Portugaliyada yomg’ir yoqqan kuni ishga bormasangiz ham bu qonunbuzarlik yoki besabab ishdan qolish hisoblanmaydi, hech kim sizni buning uchun jazoga tortmaydi.
3. Har yili 29 iyul kuni Amerikaning Ogayo shtatiga qarashli Uaynsberg shahrida yomg’ir yog’adi. Ammo buning sababini hozirga qadar hech qaysi olim, meteorolog aytib bera olmagan.
4. 17- asrda Angliyada shunday qonun mavjud bo’lgan. Agar kimda kim ertangi ob-havoni noto’g’ri aytsa, albatta qatl etilgan.
5. Marshall orollarida har bir tomchisining uzunligi 1 santimetrga teng yomg’ir yog’adi.
6. Braziliyaning Para shahrida har kuni bir vaqtda yomg’ir yog’adi. Shuning uchun bu shahar odamlari qachon yomg’ir boshlanishi va to’xtashini oldindan bilishadi.
7. Ugandada yiliga 250 marta yomg’ir yog’adi.
8. Bostsvana respublikasida asosan yil bo’yi qurg’oqchilik hukm suradi. Lekin respublika milliy valyutasining nomi tarjima qilinganda, «yomg’ir» ma’nosini beradi. Bir-biri bilan salomlashganda esa «Pula» so’zini tilga olishadi. Bu ham tarjima qilinganda, «yomg’ir» ma’nosiga ega.
9. Taylandda yuz yillardan beri yomg’ir faqat kechasi yog’adi.
10. Eng seryomg’ir hudud Hindistonning Cherapunji shahri hisoblanadi. Bu yerda yiliga 26 460 mm yomg’ir yog’adi.
11. Yer yuzida yashovchi odamlarning har 100 milliondan biri yomg’ir allergiyasidan azob chekadi. Chunki agar bir tomchi yomg’ir badaniga tegsa, qizil yarachalar paydo bo’ladi. Xudo ko’rsatmasin, yomg’irda uzoq vaqt qolib ketsa, bu odam albatta o’lim topadi.
12. 2007 yili Ispaniyaning El-Rebolyedo shahriga qurbaqa yomg’iri yoqqan.
13. Gondurasda esa har yili may oyi oxirida baliq yomg’iri yog’adi. Qizig’i shundaki, baliqlar tirik bo’ladi. Ammo olimlar bu fenomenning sababini ham hanuz aniqlay olishmadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi