Oltin qazib olish mumkin bo’lgan yerlar uchun o’tkazilgan onlayn-auksionlari muvaffaqqiyatli yakunlandi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarini realizatsiya qilish uchun«E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga ilk bor bir nechta lot savdoga chiqarilganini ma’lum qilgan edik. Samarqand va Navoiy viloyati hududidan savdoga chiqarilgan ushbu ob’yektlarning (ja’mi 13 ta) boshlang’ich bahosi 7,5 mln. so’m qiymatida belgilangan edi.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati ma’lum qilishicha, bugun, 22 aprel kuni www.e-auksion.uz saytida narxni oshirib borish shaklida o’tkazilgan ochiq auksionlarning barchasi muvaffaqqiyatli yakun topdi.
Elektron onlayn-auksion ishtirokchilari tomonidan ushbu lotlar uchun 7 mln. 875 ming so’mdan, 226 mln. so’mgacha bo’lgan narx tasdiqlandi.
O’zA