KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Armiya. Serjant kazarma eshigi yonida turgan navbatchi askardan so’radi:

— General kelmadimi?

— Yo’q.

— Kelsa, darrov menga xabar ber!

— Xo’p bo’ladi!

Ikki soatcha o’tgach, kazarmaga general kirib keldi. Navbatchi askar undan so’radi:

— Senmi general?

— Ha, men.

— Vey, qanaqa bo’shashgan generalsan-a? Sen yaramasni ikki soatdan beri serjant izlayapti!

 

* * *

 

— Qaysi ovqat umuman kaloriyasiz hisoblanadi?

— Ko’z bilan yeyiladigani.

 

* * *

 

— Yemaydi, ichmaydi, lekin o’sishdan to’xtamaydi. Bu nima?

— Narx-navo.

 

* * *

 

— Nega Avstraliya itlari dunyoda eng tez yuguradigan itlar hisoblanadi?

— Chunki, Avstraliyada daraxtlarning oralig’i boshqa davlatlardagiga nisbatan uzoq.

 

* * *

 

Kameraga yangi mahbusni olib kirishdi. U boshqa mahbuslarga dedi:

— Qo’rqmanglar, men bu yerda ikki haftagina yashayman xolos.

— Nima sababli qamalding?

— Xotinimni onasi bilan birga so’yib tashladim.

— Shunga ikki haftagagina qamashdimi?

— Yo’q, ikki haftadan so’ng meni osishadi.

 

* * *

 

Bir yigit kechasi katta ko’chada ketayotgandi. Ro’parasidan devday bir erkak chiqib muloyim ohangda so’radi:

— Oshna, soat necha bo’ldi?

— O’n ikki.

— O’ soating zo’r-ku, qani, buyoqqa cho’z!..

— Voy-do-od! Yordam beringlar-a-ar!..

— Ie, hali tishlaring ham tillamidi?

 

* * *

 

Bashang kiyingan bir bosqinchi sekin bankdagi hisobchi qizga yaqin bordi-da, unga bir xat tutqazdi. Xatda shunday deb yozilgandi:

— Hamma pullarni xaltaga joylab, sekin mening qo’limga topshiring!..

Qiz boshqa qog’ozga shunday javob xati yozib o’g’riga uzatdi.

— Bo’yinbog’ingizni to’g’rilab oling! Sizni suratga olishyapti!

 

* * *

 

Turma yonidan o’tib ketayotgan go’zal bir qizga mahbuslar panjara ortidan turib qichqirishdi:

— Yaxshi qiz!.. 2030 yil kechqurun soat yettida bo’shmisiz?

 

* * *

 

O’g’ri sherigidan so’radi:

— Bugun restoranda tushlik qildingmi deyman?

— Sen qaerdan bila qolding?

— Yangi palto kiyib olibsan-ku!

 

* * *

 

Talaba sherigiga dedi:

— Kecha yarim tunda menga bosqinchi hujum qildi.

— Ie, nahotki?.. Keyin nima bo’ldi?

— Cho’ntaklarimni kovlashtirib ko’rdi-da, negadir og’ir xo’rsinib qo’limga bir dollar tutqazdi-yu, g’oyib bo’ldi.

 

* * *

 

Vrach bemordan so’radi:

— Ichasizmi?

— Yo’q demasdim.

 

* * *

 

Xaridor sotuvchiga baqirdi:

— Bu qanday insofsizlik? Menga shikoyatlar kitobini olib keling!

— Qaysi tomini?

Olimjon HAYIT tayyorladi