OZISh UMRNING KUShANDASIDIR
Amerikadagi salomatlik milliy instituti olimlari o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shunday to’xtamga kelishdiki, ozish odam organizmini tez qaritarkan. Ayniqsa, kecha-yu, kunduz parhez tutadiganlar, kaloriyaga boy taomlardan aynan ozish maqsadida yuz o’girganlar organizmi muddatidan oldin qariydi. Bu odamning umri qisqaradi deganidir.
Olimlar bu tadqiqotlarni 21 yil davomida olib borishgan. Shu muddat ichida jami 600 nafar ko’ngilli kuzatuv ostiga olingan. Izlanishlar jarayonida olimlar har bir ko’ngilli yegan ovqatning kuchga aylanish tezligi, metabolizm darajasi, energiya miqdorini sinchiklab kuzatishdi. Oxirida ma’lum bo’ldiki, parhezda bo’lganlar, ya’ni, ozganlar ozg’in bo’lmagan odamlarga nisbatan birmuncha kamroq umr ko’rarkan. Buning sababini yuqorida ta’kidlab o’tdik. Ya’ni, kaloriyali ovqat oshqozonga kirmagandan keyin parhez taomning kuchga aylangan qismi organizmni me’yoriy darajada tutib turish, yurak va boshqa a’zolar talab darajasida ishlashi uchun kamlik qiladi. Oqibatda organizm tezroq qarish pallasiga kiradi. Bu bilan olimlar semizlikni yoqlamoqchi emas. Aksincha, parhez tutmasdan, kaloriyaga boy taomlar iste’mol qilish, keyin esa sport bilan muntazam shug’ullanish, imkon darajasida bir joyda o’tirib qolmaslikni maslahat berishadi.
loading…