O’LIK DENGIZ HAQIDA HAQIQATLAR
1. O’lik dengiz degan nomga bu dengiz tarkibida minerallar haddan ziyod ko’pligi bois ega chiqqan.
2. Minerallar ko’p bo’lgani bois o’lik dengizda na baliq, na yirik suv jonivori, na o’simlik bor. Faqat ayrim bakteriyalargina yashaydi.
3. O’lik dengiz Iordaniya va Isroil o’rtasidan oqib o’tgan bo’lib, aslida ko’l hajmiga teng.
4. Nasroniylarning ulug’ kitobi «Bibliya»da qayd etilishicha, bir kun kelib o’lik dengiz suvi ichsa bo’ladigan darajaga yetarmish. Ammo hali-hanuz bu mo»jiza yuz berganicha yo’q. Yana aytishganki, agar o’lik dengiz suvi ichsa bo’ladigan holga kelsa, o’sha kuni Qiyomat Qoyim yuz berarkan.
5. O’lik dengiz suvi tarkibida tuz miqdori ham ko’p. Shu narsa odamning dengizga cho’kmasligini ta’minlaydi.
6. O’lik dengizning suvi artroz, artrit va podagra xastaliklarini davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.
7. O’lik dengiz suvini bilmasdan ichib qo’ysangiz, buyraklar ishdan chiqdi deyavering.
8. O’lik dengiz suvi Quyosh botar mahali siyohrangga kiradi.
9. O’lik dengizga suv Iordan daryosidan quyiladi.
10. Bu dengizga ayrimlar baliq tashlab ham ko’rgan. Ular baliqni tashlasak, tayyor tuzlangan holda chiqarib olamiz deb o’ylashgan. Ammo baliq o’lim topgan. O’zboshimcha erkaklar esa katta miqdordagi jarimaga tortilgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…