CREATOR: gd-jpeg v1.0 (using IJG JPEG v62), quality = 70
* * *
Yo’l chetidagi simyog’och tepasiga shunday yozuv bitilgan:
— Oq yo’l, haydovchi!
Sal pastrog’ida yana bir yozuv mavjud:
Ko’prik buzilgan!
* * *
Eshak sotib olishga imkonim bor. Lekin istagim yo’q…
Mashina sotib olishga istagim bor… Lekin anavi eshak avval shuba sotib olaylik deb qo’ymaydi…
* * *
Psixoterapevt — bu bo’yningizga sovun surtilgan arqonni solib kalima qaytara boshlaganingizda ham kulib turishga o’rgatuvchi odam.
* * *
XX asr. Brejnev bir guruh kosmonavtlarni chaqirib dedi:
— O’rtoqlar, amerikaliklar Oyni zabt etishibdi. Endi sizlar to’g’ri Quyoshga uchasizlar!
— Leonid Ilich, kuyib ketamiz-ku, axir!
— Kuymaysizlar! Sizlar faqat kechasi uchasizlar!
* * *
Xotin eriga dedi:
— Muncha ochopatsiz? O’zingizga ovqat ichidan go’shtning kattasini olib, menga kichigini qoldiribsiz.
— Mening o’rnimda sen bo’lsang, nima qilarding?
— Sizga kattasini berib, o’zimga kichigini olardim.
— Ahmoq, men ham xuddi sen xohlaganday qildim-ku!
* * *
Quyon o’rmon tergovchisi lavozimiga tayinlandi. Bir kuni Tulkini tutib olib so’roqqa tutdi:
— Ustingdagi yung kimniki?
— O’zimniki.
— Aldayapsan, o’g’irlagansan.
Tulki qamaldi. Kamerada o’tirsa, G’oz kirib keldi. Tulki undan so’radi:
— Seni nima uchun qamashdi?
— E, Quyon «Qaysi pulingga har yili janubga uchasan?» deyaverib, xit qivordi.
* * *
Bolakay onasidan so’radi:
— Oyi, nega dadamning boshida sochi kam?
— Chunki dadang judayam aqlli.
— Nega sizning boshingizda soch ko’p?
— O’chir chakagingni, tirmizak!
* * *
Ayol dugonasiga hasrat qilyapti:
— Erimni kartoshka olib kelishga jo’natgandim, mashina urib ketibdi.
— Voy-y, endi nima qilasan?
— Bilmadim, osh damlasam kerak.
* * *
Tarix fanidan imtihon bo’lyapti. Muallima o’quvchidan so’radi:
— Ilk ayol uchuvchi kim bo’lgan?
— Yalmog’iz kampir.
* * *
Erkak do’sti bilan dardlashyapti:
— Qachon qarasa, «O’kinma, baxtning o’zi bir kun seni topadi» deyiishardi. Sira tushunmayman, men yo juda yaxshi berkinaman, yo baxt meni ko’ngildagidek qidirmayapti, haliyam topmadi-ku!
loading…