BIROVGA SOAT SOVG’A QILISh MUMKIN EMAS. NEGA?
Bilamiz, ko’pchilik hozirgi kunlarda mobil telefonlardan unumli foydalanadi. Hatto, vaqtni ham xuddi o’sha telefon orqali aniqlaydi. Lekin baribir yaqin insoniga arzirli sovg’a olish uchun taraddulanganda, birinchi bo’lib soatlar sotiladigan do’konga yo’l oladi. U yerda xoh sevgani, xoh bobosi, momosi, otasi, onasi bo’lsin, barchalariga to’g’ri keladigan va yoqib tushadigan soatlar bisyor. Lekin xalq orasida bir gap yuradi. Birovlarga soat hadya etish mumkin emas ekan. Bu o’sha odamning o’limi tezlashishini istash o’rnida qabul qilinarkan.
Ma’lum bo’lishicha, bu irim Xitoydan tarqalgan ekan. Aynan xitoyliklar kimgadir soat sovg’a qilish o’sha odamning o’limi tezlashishini tilash deb tushunisharkan. Nasroniylarda esa soat sovg’a qilish shu odam bilan munosabatlarni tezroq uzish ma’nosini beradi. Ayrimlar hadya qilingan soat qancha vaqt ishlab tursa, uni qabul qilib olgan odam shuncha yashaydi deb ham hisoblashadi. Ayniqsa, sevishganlar bir-biriga soat taqdim etishlari taqiqlanadi. Faqat bu haqiqatni hali olimlar ham chuqur anglab yetgan emas. Ezoteriklar aytishadiki, nafaqat soat, balki yomon niyatda hadya etilgan har qanday buyum o’sha odamga albatta yomonlik keltiradi. Albatta, bu irimlarga, gap-so’zlarga ishonish yoki ishonmaslik o’zimizning xohishimiz. Mayli, yaqinlaringizga soat sovg’a qiling. Faqat yana ezoteriklar maslahat berishadi. Evaziga o’sha odamdan bir dona oddiy tanga berishini so’rang. Shunda zararli negativ siz soat hadya qilgan odamga kulfat keltirmas ekan.
Astag’firillo!!!
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…