1. Orangutanglar qadimiy odambashara maymunlardir.
2. Orangutanglar odamdan keyin dunyoda eng aqlli jonzot hisoblanadi.
3. Malay va Indoneziya tilidan tarjima qilinganda, «orangutang» so’zi «o’rmon odami» ma’nosini beradi. Qadimda haqiqatan mahalliy aholi vakillari ularni odam va qul qilib ishlatmasliklari uchun atayin o’zini soqovga solgan deb o’ylashgan.
4. Kalimantan orangutanglari juda yirik. Bo’yi 1, 5 metr, vazni 100 kilogrammgacha yetadi. Urg’ochisining hajmi va vazni juda kamchilikni tashkil etadi.
5. Orangutangning erkagida ham xuddi odamlardagi kabi mo’ylov va soqol mavjud.
6. Orangutang kunduzning jonivori. U ertalab vaqtli turib bir necha soat o’zi uchun yemish izlaydi. Kechasi tinchgina uxlab dam olishni ma’qul ko’radi.
7. Orangutang nafaqat meva, daraxtlar yaproqlari, asal va yong’oq yeydi, balki qurt-qumursqalarni ham paqqos tushiradi. Bundan tashqari, yirik qushlarning tuxumini o’g’irlab yeyish ham ularga xos odat.
8. Hajmi bu qadar yirik bo’lishiga qaramay, orangutang juda kam ovqat yeydi. Ochlikda ham bir necha kun chidab yura oladi.
9. Orangutangning intellekti juda yuqori. Miyasining hajmi 500 kvadrat santimetrga teng. Uyog’ini o’zingiz hisoblab olavering.
10. Orangutang turli buyumlardan foydalanish, bu qobiliyatini avlodga meros qilib qoldirish, o’zaro majlis qurib maslahatlashishni ham qoyillatadi.
11. U vaqtining 95 foizini daraxtlar ustida o’tkazadi. Orangutang daraxtda harakatlanishga yaxshi moslashgan.
12. Jinsiy jihatdan erkak orangutang 8-12 yoshda voyaga yetadi. Urg’ochisi esa 14-15 yoshda pishib yetiladi. Urg’ochi orangutangning homiladorlik davri 8, 5 oy davom etadi. U kamdan-kam holatlarda egizak farzandlarni dunyoga keltiradi. Yangi tug’ilgan maymunchalarning vazni 1, 5-2 kilogramm atrofida bo’ladi. Ularni onasi 3-4 yoshga yetguncha ko’krak suti bilan boqadi.
13. Urg’ochi orangutang 7-8 yilda bir marta homilador bo’ladi.
14. Orangutang yovvoyi tabiat qo’ynida o’rtacha 40-50 yil umr ko’radi.
15. Orangutangni qo’lga o’rgatish oson. U shimpanzelar kabi tajovuzkor emas.
16. Orangutang tabiatan tinchliksevar, og’ir-bosiq jonivor. Ularning qichqirig’idan sira qo’rqish kerak emas. Erkaklari bir-birini qo’rqitish uchun yoki urg’ochini qoshiga chorlaganda shunday qichqiradi.
17. Orangutang suzishni umuman bilmaydi va suvdan o’lgudek qo’rqadi. Shuning uchun u hayotda suv havzasiga yaqin bormaydi.
18. Uy sharoitida saqlangan orangutang egasining yaxshi va yomon odatlarini tez o’zlashtiradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…