BILASIZMI…

 

 

VAMPIRLAR HAQIDA AYRIM HAQIQATLAR

(Yuragi zaiflar o’qimasin)

 

Vampir atamasi qadim zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi kunda ular deyarli afsonaga aylanib ulgurgan bo’lsa-da, aslida qachonlardir mavjud bo’lgani haqida tarixiy manbalarda alohida to’xtalib o’tilgan. Ularda aytiladiki, vampir — bu o’lib o’lmaydigan, tiriklar qonini ichish orqali o’zining abadiy hayotligini ta’minlovchi jonzot hioblangan. Aytishlaricha, vampirning murdasi yarim kechasi o’rnidan turib, qabrdan chiqarkan-u, birinchi duch kelgan odamning qonini icharkan. U yana tunda qabriga qaytishi shart ekan. Agar ertalabgacha qolib ketsa, quyosh tig’i uni rostakamiga o’ldirarkan.

Qadimda vampir hujumidan saqlanish uchun turli usullardan foydalanishgan. Vampirni o’ldirish uchun yuragiga ari nishini sanchish kifoya qilgan. Keyin esa murdani olovda yoqib, hokini qayta dafn etishgan. Yana bir vampir haqidagi faktga nazar tashlaymiz. Ruminiyada vampirni o’ldirish uchun qizib turgan pechdan foydalanishgan. Vampirning murdasi shu pechda kuydirilgan. Sharqiy Yevropada yashaydiganlar esa vampirni sarimsoqdan qo’rqadi deb hisoblashgan. Shuning uchun uylar eshigi tepasiga doimo sarimsoq ilib qo’yishgan. Kimga sarimsoq hidi yoqmasa, uni vampir gumon qilishgan va o’ldirib yuborishgan. Ayrimlar qabristonga nasha sepib chiqqan. Ishonishganki, vampir kechasi o’rnidan turgach, bu o’simlik hidini dimog’ida tuyadi va shu bilan ovora bo’lib quyosh chiqquncha tashqarida qolib ketadi. Quyosh tig’i esa uni kuydirib kul qiladi. Vampirlar yana kumush va ko’zguni yomon ko’rgan. Shu sababli odamlar uylar, derazalar tepasiga ko’zgu va kumushdan yasalgan idishlarni ilishga odatlanishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi