KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Xasisdan so’rashdi:

— Choyingizga necha qoshiq shakar solaylik?

— Sakkiz qoshiq. Lekin aralashtirmanglar, aks holda choy juda shirin bo’lib ketadi.

 

* * *

 

Maktabda o’quvchilarga bemorga birinchi yordam ko’rsatishni o’rgatishyapti. Muallim o’quvchilarning biridan so’radi:

— Agar ukang uy kalitini yutib yuborsa, nima qilarding?

— Uyga derazadan oshib kirgan bo’lardim.

 

* * *

 

O’ta rashkchi xotin kuniga erining kiyimlarini tekshiruvdan o’tkazib, bir dona soch tolasi topib olsa ham janjal ko’taraverardi. Bir kuni hech narsa topolmagach, baqirdi:

— Ha-a, endi kal ayollar bilan uchrashishni boshladingizmi-a?

 

* * *

 

Mehmonxona xo’jayiniga mijozlardan biri dedi:

— Tushunmadim. Mehmonxona haqiga televizorniyam qo’shib qo’yibsiz. Xonada televizor yo’q-ku!

— To’ppa-to’g’ri. Biz televizor sotib olish uchun pul yig’yapmiz.

 

* * *

 

Suratkash qizdan so’radi:

— Suratingiz kattaroq bo’lsinmi, kichikroqmi?

— Konvertga sig’adigan bo’lsin!

— Unda kulmasdan faqat jilmayib turing, kadrga sig’mayapsiz!

 

* * *

 

2100 yil. Qiziga tug’ilgan kunida «Yaponotavr-Boing. UZ» samolyotini sovg’a qilgan trilliarder so’radi:

— Ona qizim, yaxshi keldingmi?

— Ha, dada.

— Samolyotingni aerodromga qo’ydingmi?

— Qo’ydim.

— Darvozani qulfladingmi?

— O’zi qulflanadi-ku darvoza!

— Ha-ya, esim qursin!.. Aytgancha, bugun buncha kech kelding?

— «Probka»ga tushib qoldim.

 

* * *

 

Chukcha do’stiga dedi:

— Kecha bitta o’n dollarlik topib oldim.

— O’, zo’rsan-ku! Keyin nima qilding?

— Tashlab yubordim.

— Ie, nega? Jinnimisan?

— Qalbaki ekan.

— Qaerdan bilding qalbakiligini?

— Ahmoq, ikkita noli bor o’n dollarlikni qaerda ko’rgansan?

 

* * *

 

Er-xotin tushlik qilishardi. Xotin kutilmaganda kosadagi sho’rvani kiyimiga to’kib yubordi va dedi:

— E, cho’chqadan battarman-a!

— To’ppa-to’g’ri, yana buyam yetmaganday, ustingga sho’rvaniyam to’kib yubording.

 

* * *

 

Etti yashar bolakay birinchi sinfga kirgan kuni maktabdan qaytdi. Otasi undan so’radi:

— Xo’sh, maktab yaxshimikan? Nimalarni o’rganding?

— Yozishni o’rgandim.

— Birinchi kuniyoq yozishni o’rgandingmi? Barakalla! Xo’sh, nimalarni yozding?

— Bilmadim, hali o’qishni o’rganganim yo’q.

 

* * *

 

Chukchani tarjimon orqali so’roq qilishyapti.

— Oltinlarni qaerga berkitding?

Tarjimon:

— Chukcha, oltinlarni qaerga berkitding?

Chukcha:

— Aytmayman.

Tarjimon:

— U aytmas ekan.

— Agar oltinlar qaerdaligini aytmasang, seni o’ldiramiz.

Tarjimon:

— Aytmasang, o’ldirisharkan.

Chukcha:

— Falon qora uyning tagiga ko’mib qo’yganman oltinlarni.

Tarjimon:

— O’ldirsangiz ham baribir aytmas ekan.

 

KUN KULGISI…KUN KULGISI…KUN KULGISI…