BILASIZMI?..

 

 

BU XITOYLIK ERKAK OZ EMAS, KO’P EMAS, 257 YIL YaShAGAN

 

Gap hozir 150-175 yosh haqida bormaydi. Odamlar shuncha yashagan inson haqida eshitsa, yoki ko’rsa, hayratdan yoqa ushlaydi. Xitoylik Li Sin’yuan-chi? U 257 yil umr ko’rgan ekan. O’z davrida Li bobo uzoq yashash sirlarini qisqa satrlarda ma’lum qilgan. Aytgandiki, bir umr toshbaqadek yuvosh bo’lgan, shoshilish neligini bilmagan, kabutar kabi harakatchan bo’lgan, itdek uxlagan, yuragi doimiy tarzda xotirjamliklar qurshovida bo’lgan. Bir umr guruch yegan va qizil sharob ichgan. Li bobo 1676 yili tug’ilgan. 71 yoshida, ya’ni, 1748 yili yashab turgan manzili Chuy Szyandan Kay-Syanga ko’chib o’tgan. Xitoy armiyasida muallimlik qilgan. Askarlarni jangovar san’at sirlaridan voqif etgan. Umrining oxiriga qadar ko’zidan shikoyat qilmagan. 1933 yili 257 yoshida olamdan o’tgan. Hayoti davomida 200 nafar farzand ko’rgan. 24 marta uylangan.

 

BILASIZMI?..BILASIZMI?..BILASIZMI?..