* * *
Dorixonada.
— Menga ikki quti glyukonat kalsiy bering!
— Yana nima?
— Ko’mirchalar donasidan ham besh-o’n quti bering!
— Ie, qaeringiz og’riyapti o’zi?
— Hech qaerim og’rimayapti. Do’stim bilan shashka o’ynamoqchiydik.
* * *
Til-adabiyot muallimi gapiradigan to’ti sotib oldi. Ertasi kuni qushlar do’koniga qaytib keldi-da, dedi:
— Uzr, kecha menga sotgan to’tiqushingiz juda bema’ni ekan.
— Nega? So’kinarkanmi?
— Yo’q, gapdagi ba’zi fe’llarni topishga qiynalayapti.
* * *
Erkak do’konga kelib qo’g’irchoq Barbi sotib olmoqchi bo’lgandi, sotuvchi tushuntira ketdi:
— Mana bu Barbimiz malika. 15 dollar turadi. Manavinisi oilasi bilan ajrashgan Barbi. 100 dollar turadi.
— Nega buncha qimmat?
— Ie, o’ziga qo’shib uy, mashina va vertolyot ham beriladi.
* * *
Qiz onasiga dedi:
— Oyijon, mushukcha sotib olaylik!
— Yo’q, mushukka allergiyam bor.
Shunda ota o’rnidan turib g’udrandi:
— Mushukka allergiyang bor, nega norkali shubaga yo’q?
* * *
Samolyot osmonda parvoz qilayapti. Bir mahal uchuvchi xoxolab kulib yubordi. Sherigi so’radi:
— Nima bo’ldi?
— Tasavvur qilayapman. Hozir qochganimni bilib qolishgan bo’lsa, jinnixonada rosa to’polon bo’lib yotgandir.
* * *
— Dada, menda ikkita yangilik bor sizga. Biri yaxshi, biri yomon.
— Qani, yomonini ayt-chi!
— Mashinangizni avariya qilib yubordim.
— Yaxshisi qanaqa?
— Endi hech qachon bunday qilmayman.
* * *
Bolakay otasining shiftni bo’yayotganini tomosha qilib turgandi. Onasi kelib dedi:
— Katta bo’lsang, sen ham otangga shiftni bo’yashga yordam berasan.
— Ie, o’shangachayam bo’yab bo’lmaydimi otam?
* * *
— Qo’shni, meni mashinangizda ishxonamgacha olib keting!
— Men boshqa tarafga ketayapman.
— Undan ham yaxshi.
* * *
Ikki jinni liftda qamalib qolishdi.
Birinchisi:
— Yordam bering!
Ikkinchisi:
— Yordam bering!..
Birinchisi:
— Yo’q, bunaqasi ketmaydi. Kel, birgalikda qichqiramiz!
Ikkinchisi:
— Birgalikda-a!!! Birgalikda!!!
* * *
Chol-kampir so’rida ovqatlanib o’tirishibdi. Bir mahal chol kampirining peshonasiga qoshiq bilan tushirdi.
— Voy, nega urasiz, chol?
— Chapillatmay yegin!
Oradan hech qancha o’tmay, chol yana kampirning peshonasiga qoshiq bilan urdi.
— Endi nimaga urdingiz?
— Chapillatganingni eslasam, asabim buzilib ketayapti.