BILASIZMI?..

 

1. Delfin va kitlar suv ichmaydi. Ichimlik suvini ular o’zlari uchun yemish hisoblangan baliq va qisqichbaqalardan oladi.

2. Yer ostida oltin shu qadar ko’pki, agar hammasini yer ustiga olib chiqib to’shalsa, butun dunyoga joy bo’ladi. Joy bo’lsa ham mayli, odamning tizzasiga urar darajadagi qalinlikda bo’ladi.

3. Ba’zi chuvalchanglarning yuragi o’ntagachani tashkil etadi. Ularda o’pka bo’lmaydi. Gaz almashinuvi terisi orqali amalga oshadi.

4. Odam yiliga 4 million 200 ming marta kiprik qoqadi.

5. Agar quyoshning gugurt cho’pi boshchasidek qismi yerga qo’yilsa, kuyib ketish xavfidan saqlovchi masofa 90 kilometrga teng bo’ladi.

6. Tuyaqushning ko’zlari hajmi miyasi hajmidan kattaroq bo’ladi.

7. Ikkinchi jahon urushida Berlinga tashlangan ilk bomba shahar hayvonot bog’idagi filnigina o’ldirgan xolos.

8. 1880 yili dunyo bo’yicha kokain narkotik moddasi shamollash, nevralgiya, bosh og’rig’i va uyqusizlikka qarshi dori o’rnida ochiq va erkin holda sotilgan.

9. O’ninchi asrda yashagan Persiya hukmdori Abdul Qosim Ismoil shaxsiy kutubxonasidan bir qadam ham nari ketmagan. Agar harbiy yurishlarga chiqish zarur bo’lsa, 117 mingta kitobdan iborat kutubxonasi jami 400 ta tuyaga yuklanib, uning ortidan olib yurilgan.

10. Eramizdan avvalgi 5000 yili yer yuzi aholisi soni 5 million kishidan iborat edi.

Olimjon HAYIT tayyorladi