* * *
Ayollar shiftga tikilib yotib nima haqida o’ylaydi?
Jazman ayol: «Kelarmikan, kelmasmikan-a?»
Suyuqoyoq: «Xizmat haqini berarmikan, bermasmikan?
Xotin: «Bu er qurib ketmagur shiftni oqlarmikan, oqlamasmikan?
* * *
Bir mahbus turmadan qochdi. Uni tutib kelib turma boshlig’i kabinetiga olib kirishdi. Boshliq undan so’radi:
— Nega qochding?
— Uylanishni istadim.
— Nima?
— Uylanmoqchi edim.
— Qara-ya, ozodlikni qiziq tasavvur etarkansan.
* * *
Er gazetada qaysidir mashhur aktrisa sportchiga turmushga chiqqani haqidagi xabarni o’qib xotiniga dedi:
— Nega qayoqdagi anqov, ahmoq erkaklarga dunyoning eng go’zal qizlari uchraydi-a?
Xotin eriga mehr bilan boqib, so’ngra o’zini ko’zguga solib dedi:
— Rahmat, azizim!
* * *
Tong. Xotin eridan so’radi:
— Dadasi, nega kechasi uyqu orasida Nadyaxon, Nadyaxon deb baqirib chiqdingiz?
— Aytsam ishonmaysan. Tushimda men Lenin emishman!
* * *
Yarim kechasi xotin erini uyg’otib so’radi:
— Karavot ostida sichqon nimanidir qitirlatayotganday bo’lyaptimi?
— Nima qilay shunga? Miyovlaymi?
* * *
Er xotiniga dedi:
— Jonim, iltimos, uchta so’z aytgin, men xursandligimdan yettinchi osmonda yurganday bo’lay!
— Marhamat, arqon shkafda.
* * *
Xotin:
— Dadasi, men to’satdan o’lib qolsam, nima qilardingiz?
— Nima qilardim? Dafn etardim.
— Keyin-chi?..
— Keyinmi?.. Umid qilamanki, keyin meni oqlashadi.
* * *
Xotin:
— Dadasi, baliqlar dunyodagi eng noshud, ahmoq jonzot emish. Shu rostmi?
— Rost, o’zimning baliqcham, rost!
* * *
Ofitsiantka erkak mijozdan so’radi:
— Nega kennoyim manavi ichimliklardan ichmayapti?
— U mening qonimni ichadi, singlim.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Ilgarilari siz ovqatingizning ozginasini yeb, qolganini menga berardingiz. Endi bo’lsa, hammasini o’zingiz yeb qo’ymoqdasiz. Nima, endi meni sevmay qoldingizmi?
— Yo’q, sen mazali ovqat tayyorlay boshlading.