* * *
Er xotiniga dedi:
— Turli yoshartiradigan dorilarni ichib yurishingga qarshi emasman. Lekin bir narsa esingda bo’lsin, qizing bilan sening orangda kamida to’qqiz oy farq bo’lishi kerak.
* * *
Muallima o’quvchidan so’radi:
— Seningcha, ideal maktab qanday bo’lishi kerak?
— Yopiq bo’lishi kerak.
* * *
O’qituvchi:
— Daraxt jinoyatchidan qanday farqlanadi?
O’quvchi:
— Daraxtni avval o’tqazishadi, keyin o’sib-ulg’ayadi. Jinoyatchi esa, avval o’sib-ulg’ayadi, keyin olib borib o’tqazishadi.
* * *
— Ayt-chi, oshna, sen o’zingni insofli odam deb hisoblaysanmi?
— Ha.
— Agar ko’chada ketayotib million so’m pul topib olsang, egasiga qaytararmiding?
— Ha, agar o’sha pullar kambag’al odamga tegishli bo’lsa.
* * *
Er uyga erta tongda kirib keldi. Xotini uni urisha boshlagandi, qayirib tashladi.
— Men erkin qushman, qachon istasam, o’shanda uchib kelaveraman.
Ertasi kuni xotini erta tongda uyiga kirib keldi-da, dedi:
— Men asira qushman. Endigina qo’yib yuborishdi.
* * *
Ikki kampir o’zaro gaplashishayapti.
— Anavi qo’shnining maktabda o’qiydigan o’g’li shahar tashqarisidan haqiqiy mina topib olibdi.
— Ha, biznikigayam eshitildi.
* * *
Tarix darsida muallim o’quvchilarga nemis konslageri haqida gapirib berayotgandi. Bir o’quvchi uning so’zini bo’ldi.
— Mening bobom o’sha konslagerda halok bo’lgan ekan.
— Bobongni qiynab o’ldirishgan ekanmi?
— Yo’q, mastlikda soqchilar turadigan vishkadan yiqilib tushibdi.
* * *
O’quv mashg’ulotlari paytida serjant sezdiki, yangi chaqirilgan askarlardan biri tinimsiz titrayapti.
U so’radi:
— Nega qaltirayapsan?
— Yo’q, men qo’rqqanimdan qaltirayotganim yo’q. Dushman hali mening bu yerdaligimni bilmaydi. Bildirib qo’ygim kelayapti.
* * *
Er vannaxonada cho’milayotib xotiniga qichqirdi:
— Xotin, manavi shampun quruq sochlar uchun ekan. Men sochimni ho’llab qo’yibman-ku, nima qilay?
* * *
Direktor bir o’quvchiga maktab derazalarini bo’yashni buyurgandi. Ikki soatdan so’ng o’quvchi direktordan so’radi:
— Romlariniyam bo’yaymi?