Ko’chada tilanchilikni kasb qilib olganlar ayrim boy-badavlat odamlardan ham ko’p boylik to’plaganliklarini bilasizmi? Mana ular bilantanishing.
1. Saymon Rayt
U «mohir» tilanchilardan. 37 yoshli londonlik kuniga 8 soat, dam olish kunlari undan ham ko’proq London ko’chalarida eski kiyim-boshda iti bilan birga sadaqa so’rab yuradi. Har kuni minglab odamlardan pul so’raydi. Bir yilda taxminan $50000 topadi. 300000 funt turadigan xonadonida yashaydi.
2.Oysha
100 yoshga kirsa ham Jidda ko’chalarida yirtiq-yamoq kiyimda tilanchilik qilib yurgan. Ko’zi ko’rmagan. Odamlar qari kampirni ko’rgan zahotiyoq achingancha indamay pul berib ketishar edi. Kampir vafot etganidan so’ng, 800 ming dollar puli, qimmatbaho taqinchoqlari va ko’chmas mulklari borligi ma’lum bo’lgan. Barcha boyliklarini uysizlarga vasiyat qilib ketgan.
3.Sambadji Kale oilasi
U Bombeyda yashaydi va oilasi bilan tilanchilik qilib kun ko’radi. Bir kunda oila 1000 rupiydan ortiq pul topadi. Ularning bankda va investitsiya kompaniyasida hisob raqamlari bor. Ular tilanchilik qilmay, allaqachon boy kvartaldan uy-joy qilishlari mumkin. Lekin hozir ham «kasblaridan» voz kechishmagan.
4. Krishna Kumar Gite
Yana bir bombeylik tilanchi. O’zini bechora ko’rsatish uchun eski juldur kiyimlarda tilanchilik qiladi, ammo xayr-ehson qiladiganlardan ko’proq pul topadi. Bir kunda 1.5 ming rupiy topishi mumkin. Shaxsiy uyida yashaydi.
5. Irvin Kori
97 yoshli Nyu-Yorkli kishi. Ancha yillar burun komik aktyor bo’lib, Jeki Gliss va Vudi Allen bilan birga ishlagan. Manxettenning boylar yashaydigan hududidagi qimmat kvartiralarning birida yashaydi. Kuniga 100-250 dollar atrofida pul topadi. Topgan pulini Kubadagi bolalarga ehson sifatida sarflaydi. Yana qanchadir qismidan o’zi sotayotgan gazetalarga moliyaviy ko’mak berib turadi.
6. Lakshmi Das
Shimoliy Kalkuttaning odalar bilan gavjum chorrahalaridan birida 44 yildan buyon tilanchilik qiladi. 16 yoshidan faqirona yashab, 60 yoshida bankka 4 chelakda 90 kg tanga pullarni olib kelgan.
7. Ko’chadagi noma’lum erkak
Bir odam ko’chada o’tib ketayotib, qizi bilan tilanchilik qilayotgan erkak kishini rasmga olgan. Ular juda nochor kiyingan bo’lsa-da, diqqat bilan qaralsa, qizchaning cho’ntagidan chiqib turgan «Mersedes»ning kalitini ko’rish mumkin. To’g’ri bu ularning “Mersedes”i borligini anglatmaydi, ammo, lekin…
8. Uill Anderson
Nyu-Yorklik 43 yoshli sobiq sahna ustasi. O’zining kuchugi Riz bilan tilanchilik qiladi. Soatiga 200 dollar topadi.
9. Geri Tompson
Nogironlar aravachasida harakatlanadi, odamlarning rahmini keltirish uchungina o’zini nogironligi bor va aqli zaif qilib ko’rsatadi. Aslida sog’lom. O’zing aytishicha, yiliga 100000 dollar atrofida mablag’ to’playdi.
10. Massu
Hindistonlik tilanchi. «Ishga» rikshada kelib, qashshoqqa o’xshab kiyinib, 8-10 soat davomida gadoychilik qiladi. 15000 rupiy ishlab, o’zini millioner hisoblaydi. Unga pul berayotganlarning aksariyati millionerga ehson berayotganliklarini bilishmaydi ham.
Saytimizni kuzatib boring. Tez kunlarda tilanchilik orqasidan o’ta yirik mablag’ ishlab topib politsiyadagi ishidan voz kechgan kishi haqida hikoya chop etamiz.