* * *
Samolyot parvozda. Bir mahal uchuvchi salonga o’tdi-da, qotib-qotib kula boshladi. Yo’lovchilar undan so’rashdi:
— Nega kulyapsiz?
— Tasavvur qiling, men hozir samolyotni boshqarib ketyapman! Jinnixonadagilar qochib ketganimni bilib qolishsa, rosa-a yugurib qidirishadi-da!
* * *
Amerikalik kinoyulduz dugonasiga dedi:
— Bilasanmi, ma’lum muddatga Gari bilan to’yimizni to’xtatib turishga to’g’ri keladi.
— Nega?
— Hozir Fredga turmushga chiqyapman, axir!
* * *
Yigit hozirgina tanishgan qizdan so’radi:
— Ovqat pishirishni bilasizmi?
— Ha, ayniqsa, choynakni suvga to’ldirib, gazga qo’yishni qiyib qo’yaman!
* * *
Xotin eridan so’radi:
— Quyosh go’zalroqmi, oymi?
— Oy albatta.
— Unda nega meni har gal quyoshim deb erkalaysiz?
* * *
Muallima 5- sinf o’quvchisiga dedi:
— Afrikada yashovchi jonivorlarning beshtasini sanab ber!
— Ikkita mayman, uchta fil.
* * *
Erkak do’stini tinchlantiryapti:
— Menga qara, hadeb qayg’uga botaverma! Xotining senga xiyonat qilibdi, shuning uchun ajrashib ketding. Ishon, bir oydan keyin unutasan! Men kafil!
— Yo’q, unutishning iloji yo’q, do’stim.
— Nega? Shunchalik jigaringdan urganmidi o’sha xotining?
— Jigardan urmagan. Ammo kecha o’zing ko’rgan shubasini yaqinda kreditga olib berovdim. Hali ikki yil kreditni to’lashim kerak.
* * *
Hayvonot bog’i direktori qarasa, fillardan biri qattiq yo’tala boshlabdi. Unga bir chelak sharob ichirib yuborgandi, yo’tali to’xtadi-qo’ydi. Ammo boshqa qafasdagi fillar baravariga yo’tala boshladi.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Hadeb ming’illayverma! Ortiqcha narsalarga pul sarflayapsanmish… Qani ortiqcha narsaga pul sarflaganim?
— O’t o’chiradigan uskuna-chi? Keraksiz narsa emasmi o’sha? Sotib olganingizga olti yil bo’ldi, hali biror marta foydalanganimiz yo’q!
* * *
Boyvachcha mahalliy gazeta muharriri kabinetiga kirib kelib so’radi:
— Bu qanaqasi? Bir hafta oldin «Itim yo’qolib qoldi. Topgan odamga ming dollar mukofot beraman» deb e’lon bergandim. Haligachayam chop etmabsizlar-ku!
— To’g’ri, hali chop etmadik.
— Sabab?
— Sababi shuki, barcha xodimlarimiz bir hafta oldin itingizni qidirib ketishgan.
* * *
Vrach bemorga qanday tashhis qo’yishni bilmay garang edi. Oxiri u bemordan so’radi:
— Ilgariyam shu yeringiz bezovta qilib turarmidi?
— Ha, besh yil oldin bezovta qilgandi.
— Ha-a… Demak, qaytalanibdi-da!
* * *
Bir bemorning hasratidan:
— Tish do’xtirini qancha boqma, baribir og’zingga qarayveradi-ya!
Olimjon HAYIT tayyorladi