1. Banan daraxtining bitta shoxida 300 tagacha meva bo’ladi va ularning vazni taxminan 55-60 kilogrammga teng.
2. Bananning yer yuzida mingtaga yaqin turi mavjud. Lekin ularning hammasini ham yeb bo’lmaydi.
3. Eng ko’p banan iste’mol qilinadigan joy bu Afrikaning Burundi davlati hisoblanadi. Bu yerning odamlari yiliga minimum 200 kilogrammdan banan yeydi.
4. Banan hosildorlik bo’yicha apelsindan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
5. Banan yetishtirish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni Hindiston egallaydi.
6. Bananning quritilgani tarkibida yangisiga nisbatan besh karra ko’proq vitamin bo’ladi.
7. Banan tarkibida kaliy ko’pchilikni tashkil etadi.
8. Bir gektar maydondagi banan daraxtidan bir mavsumda 40 tonnaga yaqin hosil olinadi.
9. Banan pishib yetilishi uchun 10 dan 18 oygacha vaqt kerak bo’ladi. Albatta, turiga qarab.
10. Banandan un va ketchup ham tayyorlanadi. Ayniqsa, banandan tayyorlangan ketchup Filippinda sevib iste’mol qilinadi.
11. Banan po’chog’idan sanoatda sovun ishlab chiqariladi.
12. Aslida banan daraxti daraxt deb emas, o’simlik deb qabul qilingan. Shu o’simlikning bo’yi 10 metrgacha yetadi. Diametri esa 50 santimetrgachani tashkil etadi.
13. Banan faqat sariq emas, balki qizil rangda ham bo’ladi. Qizil bananning ichi sarig’iga nisbatan yumshoq. Shuning uchun ularni avtomobillarda tashilganda ezilib ketadi. Ana shu sabab bilan qizil banan do’konlarda sotilmaydi.
14. Bananda boshqa mevalardagiga nisbatan V6 vitamini ko’proq.
15. Banan organizmdagi kalsiyni siydik bilan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Shunday ekan, kalsiy ichkarida qolib suyaklarimizni mustahkamlashda davom etaveradi.
16. Agar iqlim ma’qul kelib qolsa, banan o’simligi bir yilda uch martagacha hosil beradi.
17. Banan kartoshkaga qaraganda bir yarim hissa to’yimliroq.
18. Bananni pishib yetilmasdan yig’ib olishadi. Shunda to xaridorga yetib borguncha pishadi. Shunday holda yig’ib olinsa, yanada mazaliroq bo’larkan.
19. Banandan kosmetika ishlab chiqarishda ham keng foydalaniladi. Undan tanani yumshatuvchi, yoshartiruvchi kremlar, losonlar ishlab chiqarishadi.
20. Banan tarkibida triptofan aminokislotasi bor. U organizmda serotonin — baxt gormoni ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
21. Bir dona banan tarkibida 300 milligramm kaliy bor. U qon bosimi me’yorda saqlanishi, yurak faoliyati yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega.
22. Seyshel orollarida oltinrang, qizil va qora rangli bananlar yetishtiriladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…