KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Psixiatr qabulida:

— Do’xtir, menga xuddi yelkamda kichkinagina timsohchalar o’rmalab yurgandek bo’laveradi.

— Vey, nimaga timsohchalaringizni menga irg’itasiz-a? Nariroq turing!

 

* * *

 

Vrach hamkasbidan so’radi:

— Nega bemorlardan qanaqangi spirtli ichimlik ichishini so’rayverasan? Tashhis qo’yishingda yordami tegadimi?

— Yo’q, qancha haq olishmni belgilab olaman.

 

* * *

 

— To’tiqushingni gapiradigan deganding. Mana, senikiga necha marta bordim, lekin to’tining gapirganini eshitmadim-ku!

— U kimning oldida gapirish xavfsiz ekanini yaxshi biladi.

 

* * *

 

Ikki ot uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga arz qila ketdi:

— Xo’jayin jonimga tegib ketdi. Goh ustimga minib choptiradi, goh pichan tashitadi. Nafas rostlashga vaqt bermaydi.

— Unda sen jonivorlarni himoya qilish jamiyatiga arz qil!

— Ho, savodim borligini bilib qolsa, yana kabinetiga olib kirib yozdirsinmi?!.

 

* * *

 

Tipratikon bolasi o’rmonda adashib qoldi. Yarim tungacha uyini qidirib daydidi va nihoyat kaktusga urilib ketib ovozining boricha baqirdi:

— Xudoga shukr-ey, oyim shu yerda ekan!

 

* * *

 

Ayol dugonasiga dedi:

— Erim bilan ajrashdim va unga bo’lgan munosabatim yomon tomonga o’zgardi.

— Nega unda nikoh uzugini haliyam taqib yuribsan?

— Uzukka bo’lgan munosabatim hech qaysi tarafga o’zgargani yo’q.

 

* * *

 

Qariya og’ilxonaga kirsa, ho’tigi yig’lab o’tiribdi. Undan so’radi:

— Ho’tikvoy, nega yig’layapsan?

— Anavi sigir meni «eshshak» deb haqorat qildi.

 

* * *

 

Muallima:

— Shu oddiy narsaniyam bilmaysanmi? E, agar o’g’lim bo’lganingda, o’zimni tomdan tashlab o’lardim.

O’quvchi:

— Ustoz, unda meni asrab ola qoling!

 

* * *

 

Ikki qariya suhbatidan.

— Eshmatvoy, bolalikda qizlarning orqasidan quvlaganlarimiz esingdami?

— Ha, quvlaganlarimiz esimda, lekin nega quvlaganimizni haliyam eslay olmayman.

 

* * *

 

150 kilolik baliq daryo tubiga tushgach, sherigiga dedi:

— O’lay agar, hozirgina bizga to’r tashlagan odamning og’irligi yuz kilodan kam emasdi!

 

loading…