1. Ayollar sochining diametri erkaklarnikidan ikki barobarga kichik.
2. Ayollarning yuragi erkaklarnikidan tezroq uradi.
3. Ayollar erkaklardan ikki barobar tezroq kiprik qoqadi.
4. Erkak ayolga bog’langanidan ko’ra ayol erkakka qattiqroq bog’langan. Shuning uchun ayollar oila qurishga qattiqroq intiladi. Bu oksitotsin darajasi oshiqligi bilan bog’liq.
5. Ayollarning immuniteti erkaklarnikidan kuchliroq bo’ladi.
6. Ayollarning tilida ta’m sezish reseptorlari ko’proq bo’ladi.
7. Ayollarda og’riq reseptorlari ko’proq, biroq shamolllash jarayonlarini bloklovchi estrogen sababli nafis jins vakillari dardga bardoshlidirlar.
8. Ayollar erkaklardan ko’ra rangni yaxshiroq ajratadi, chunki rang ajratish xususiyati X-xromosoma bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
9. Ayollarning terisi erkaklarnikidan 10 marta sezgirroq.10. Ayollarning ko’kragida mushak to’qimalari yo’q.
11. Ayollarning mushak va paylarida kollagendan elastin ko’proq, shu sababli ayollar egiluvchanroq bo’ladi.
12. Ayollar erkaklarga qaraganda yuqori chastotali tovushlarni yaxshiroq ajratishadi.
13. Ayol miyasining elektr faolligi uxlagan vaqtda bor-yo’g’i 10 foizga kamayadi, shu sababli ayollar sergak uxlaydi.
14. Ayollar shirin ta’mni erkaklardan ancha yaxshi ajrata oladi.
15. Ayollarning nutqi uchun miyadagi ikkita markaz mas’uldir, shuning uchun ular bir kunda 8 mingtacha so’z aytib, 3 mingga yaqin tovush va 10 ming noverbal signaldan foydalana oladi. Bu ko’rsatkichlar erkaklarda ikki barobar kamdir.
16. Ayollarning hid sezish hissi erkaklarnikidan yaxshiroqligi tug’ma xususiyatdir.
17. Ayollarning periferiy (chetki) ko’rish xususiyati ustunroq. Erkaklarda esa tunnelcha ko’rish xususiyati.
18. Ayollarning bo’yni erkaklarnikidan harakatchan va egiluvchan. Shu sababli chaqirganda, ayollar bo’yni bilan burilib qaraydi, erkaklar butun tanasi bilan o’giriladi.
19. Soch to’kilish resessiv belgisi o’g’ilga onasidan o’tadi.
20. Ikkita X-xromosomaga egaligi sabab ayollarda kasallik asorati va xronik kasalliklar kam namoyon bo’ladi.
21. Ayollar bir yilda o’rtacha 30tadan 64tagacha yig’laydi. Erkaklar bor-yo’g’i 6-17 marta (bu g’arb olimlarining kuzatuvi, aslida bundan ham kamroq bo’lishi tabiiy).
22. Homilador ayollarning 30 foizi yeb bo’lmaydigan narsalarni yegisi keladi.
23. Progesteron, kortizol va estradiol gormonlari, ayniqsa, ovulyatsiya davrida bezovtalik va xavf hissini orttiradi. Shuning uchun ayollar xavf hissini erkaklardan ko’ra yaxshiroq sezadi.