Taniqli rejissor Jeyms Kemeronning “Avatar: Suv yo’li” blokbasteri kino tarixidagi eng kassabop filmlar beshligiga kirdi. U 2,054 milliard dollar bilan “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” filmini (2,052 milliard dollar) ortda qoldirib, beshinchi o’rinni egalladi, deb yozadi “Film.ru”.
Olingan daromadning 600 million dollaridan ortig’i AQSh prokatiga to’g’ri kelmoqda. Hafta oxirigacha “Avatar: Suv yo’li” to’rtinchi o’rindagi “Yulduzlar jangi: Kuch uyg’onadi” filmini (2,07 milliard dollar) siqib chiqarishga harakat qildi. Jahon prokatining uchta yetakchisida esa natija o’zgarishsiz qolmoqda: “Avatar” (2,92 milliard dollar), “Qasoskorlar: Intiho” (2,79 milliard dollar) va “Titanik” (2,19 milliard dollar).
Avvalroq Kemeron tarixda har biri kassada 2 milliard dollardan ko’proq mablag’ to’plagan uchta filmni suratga olgan birinchi rejissor sifatida e’tirof etilgandi.