AQShda o'lchami olmadek chaqaloq dunyoga keldi

AQShning San-Diego shahrida joylashgan «Sharp Mary Birch» kasalxonasi shifokorlari tug’ilgan vaqtida og’irligi 245 gramm, o’lchami yirik olmaga teng bo’lgan chaqaloq yashab ketganini ma’lum qildi.

“ www.vesti.ru»ning yozishicha, go’dak qizaloq bo’lib, 2018 yilning dekabr oyida homiladorlikning 23-haftasida dunyoga kelgan. Homila o’sishdan to’xtagani va onaning hayoti xavf ostida bo’lgani uchun shifokorlar muddatdan oldingi tug’ruq haqidagi qarorni qilishga majbur bo’ladi.
Chaqaloq shifoxona sharoitida besh oy parvarish qilindi. Hozirda go’dakning salomatligi qoniqarli.

O’zA