Rayhon G’aniyeva va Yigitali Mamajonov o’rtasidagi munosabatlar, ular atrofidagi mish-mishlar sizlarga notanish emas. Kechagina Rayhon G’aniyeva o’zining «Intagram»dagi sahifasida o’g’illarining rasmini e’lon qildi. Izohda esa ko’rib turganingizdak Yigitaliga tegishtirib aytilgan gaplar: “Haqiqiy ota bu bolalar uchun qayg’urgan, hayotning yorqin lahzalarini ularga hadya eta olgan, tarbiyalagan odamdir. Odamlarning fikricha, men bolalarimni otasi bilan uchrashishiga qarshilik bildirgan emishman. Mening o’tinishlarimga qaramasdan, “U” kelmagan…”
Rayhon o’z postida Yigitalining ikkinchi rafiqasi Niginaga ham yaxshi inson nasib etishini aytishni unutmagan.
Ushbu postdan so’ng Ali Mamajonov ham jim turmadi. U ham darhol post qo’ydi:
Bu hali hammasi emas! Muqaddas Alining postida bir-birini talayotgan tarafkashlarga qo’shildi va tabiiyki, erini “himoya” qildi:
Ha aytganday, shu o’rinda sizlarga bir narsani eslatib o’tish kerak. Shou-biznes olami siz o’ylagandek maftunkor emas! So’nggi paytlar bir-birining go’shtini yeyayotgan “san’atkor”lar bunga yaqqol dalil.