8 avgust kuni Dmloftus niki ostidagi foydalanuvchi Kolorado-Springsdan Atlantaga o’zining Diamond DA40 samolyoti orqali parvozni amalga oshirgan. Parvoz vaqtida bulutlarni suratga olishni istagan uchuvchi maxsus darchani ochishga qaror qilgan. Uchuvchi katta tezlikdagi harakat vaqtida havo oqimi ushbu darchadan smartfonni uchirib yuborishini yaxshi bilgan va shu sababli uni uzoqroqda ushlab turgan. Ammo bu vaqt turbulentlikka tushib qolib, smartfonni qo’lidan chiqarib yuborgan. O’sha payt samolyot 3,5 kilometr balandlikda soatiga 280 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lgan.
Telefon egasi o’zining iPhone’i bilan xayolan xayrlashgan, biroq ertasi kuni eski iPhone 6s smartfoni yordamida iPhone X hamon signal berayotganidan xabar topgan.
Shundan so’ng, smartfonni topishga qaror qilingan. Ma’lum bo’lishicha, apparat soya donlari o’sadigan maydonga tushgani aniqlangan. Butalar balandligi belga qadar yetgani sabab qidiruv ishlariga qiyinchilik tug’dirgan. iPhone’ning o’zi bu vaqtga kelib quvvati tugagani uchun signal bermay qo’ygan.
Bir soatlik qidiruv ishlaridan so’ng, smartfonni topishga muvaffaq bo’lingan. U butunligicha topilgan. Aftidan, bunga apparatning g’ilofi katta xizmat ko’rsatgan ko’rinadi. Keyinroq smartfon to’liq soz holatda ekani aniqlangan.
Taxminlarga ko’ra, butalar tepadan tushayotgan smartfon tezligini so’ndirgan, qolganiga uning g’ilofi xizmat qilgan. Shuningdek, iPhone beton yoki asfaltga tushmagani ham uning egasining omadi.
Avvalroq Braziliyada iPhone 6S samolyotdan tushib ketib, omon qolgani, smartfon egasining holati esa kameraga muhrlangani to’g’risida xabar berilgandi.